Chiqindilar muammosi. Reja: 1. Chiqindilar haqida tushuncha. 2. Axlatlarni yig'sh va olib chiqib tashlash. 3. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash. 4. Chet davlatlarda chiqindilardan foydalanish yo'llari. S'Hahar, posyolka va qishloqlardagi turar joylarni toza tutishning epidemiologik gigiyenik ahamiyati juda katta. Turar joylarning tozaligi, obodonligi, ariqlardan suvlarning oqib turishi, daraxtzor va ko'kalamzorlarni mavjudligi yuqumli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Turar joylarni tozaligini saqlash va tashkil qilishda rejali, tashkiliy, sanitar - texnik va xo'jalik tadbirlari ishlab chiqiladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya nazoratini to'g'ri uyushtirishning epidemiologik ahamiyati juda katta. Aholi turar joylarini toza tutish uchun chiqindi axlatlarni o'z vaqtida yig'ish, olib chiqib ketish va zararsiz holatga keltirish hamda ba'zi bir chiqindilarni qayta ishlash uchun jo'natish zarur. Shu bosqichlardan birortasi bajarilmay qolsa, tozalikni saqlash qiyin bo'ladi. Chiqindilar uch xil bo'ladi. 1. Qattiq holatdagi chiqindilar - bular tog' - kon sanoatidan chiqadi. 2. Suyuq holatdagi chiqindilar - bularga aholi turar joylaridan va ayrim sanoat tarmoqlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi. 3. Gaz holatdagi chiqindilarga gaz konlaridan chiqadigan chiqindilar kiradi. Axlatlar tezda zararsizlantirilmasa, u tashqi muhitni ya'ni atmosferani, suv havzalarini, tuproqni, oziq - ovqatlarni, binolarni, korxonalarni va boshqalarni zararlaydi. Uy xo'jalik axlatlari, oziq - ovqat chiqindilari va boshqalar juda ko'p organik moddalarni ushlagani uchun tez chiriy boshlaydi, oqibatda turli gazlar: ammiak, serovodorod, metan, indol, stakol va boshqalar paydo bo'ladi. Yog'ingarchilik oqibatida yer yuzasidan yuvilib daryolarni, kichik ariq suvlarini ifloslantiradi. Suyuq chiqindilar hatto yer osti suvlariga sizilib o'tib ularni ifloslantirishi mumkin. Ayrim chiqindilar axlatlarida turli mikroorganizmlarning mavjudligi va ularning uzoq vaqt yashashi aniqlangan. Jumladan qorin tifi, paratif, ichburug', sil, kuydirgi va boshqalar axlatlar tarkibida uchraydi. Bu chiqindilar bizning issiq iqlim sharoitida har xil kasallik tarqatuvchi mikroblarning tez ko'payishi uchun qulay muhit yaratadi. Ular hashoratlar, shamol yoki suv orqali tez tarqalib, odamlarni turli yuqumli kasalliklarga yo'liqtiradi. VII-IX asrlarda YEvropa, Afrika va Osiyodagi ko'p mamlakatlarda to'kilgan axlatlar shunchalik ko'p yig'ilib ketganki, hatto odamlarning yurishi mushkul bo'lib qolgan va bu axlatlar tufayli o'lat, vabo kabi kasalliklar tez-tez tarqalib, o'n minglab yuz minglab odamlarni yostig'ini quritgan. Masalan: 1679 yilda birgina Vena shahrida 80 mingga yaqin kishi, 1687 yilda Pragada shunga yaqin kishi chumadan o'lgan. Bunday holat Germaniya, Italiya, Angliya shaharlarida ham sodir bo'lib turgan. S'Hu kunlarda ham sayyoramizning u yoki bu burchaklaridan yuqorida aytilgan ba'zi yuqumli kasalliklarning paydo bo'layotganligi to'g'risida noxush xabar kelib turadi. Bu sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinmagan Afrika, Osiyo, Latin Amerikasining ba'zi joylarida sodir bo'lib turadi. Sobiq SSRning, shuningdek O'zbekistonning ko'pgina ko'l, daryo va dengizlari to'kilgan axlatlardan shunchalik ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.87 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.87 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: docx