Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari

Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari - rasmi

Material tavsifi

Chiqindilar va ularni qayta ishlash muammolari Ma'lumki, 2002 yil 5 aprelda CHqqindilar tug'risida O'zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Bir kishi bir yilda 83 kg chiqindi chiqaradi. Hozirgi paytda Buxoro, Kogon shaharlaridagi axlatxonalarning holati, Olot, Qorako'l, Buxoro va Jondor tumanlardagi axlatxonalar va ularning sanitariya-gigiyenik holati jozirgi zamon talablariga javob bermayotir. Ularning atrofi o'ralmagan, chiqindilarni turlarga ajratish va zararsizlantirish chora-tadbirlari amalga joriy etilmagan. Natijada atrof-muhit ifloslanib, turli kasalliklar kelib chiqmoqda. Ko'pgina holatlarda kunduzgi yorituvchi lyuminessent lampalarni maishiy chiqindilar bilan birga ko'plab axlatxonalarga chiqarib tashlashlar ko'zga tashlanib turadi. Bir dona singan lyuminessent lampaning simob bug'lari ta'sirida qisqa vaqti davomida o'tkir zaharlanish huruji 20 marotaba ortadi. Ming dona siniq lampa, bitta katta shahar hududining 75% ni uch kavatli bino balandligida zaharlaydi. Simob asab tizimiga, jigar, buyrak, oshqozon: va ichak faoliyatining buzilishiga olib keladi. Simobning havodagi ruxsat etilgan o'rtacha sutkalik chegaraviy konsentrasiyasi 0,003 mgm3 ni tashkil yetadi. 200 yilda korxonalarda simobli lampalar va asbob-uskunalardan foydalanish, hamda ularni zararsizlantirish, korxona faolyayatlarini tartibga solish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qilgan edi. qarorda korxona, tashkilot va muassasalarda simobli yoritgichlarni kat'iy hisobga olish, ishga yaroqsiz bo'lib qolganlarini maxsus texnologiya asosida qayta ishlash chora-tadbirlari nazarga tutilgan edi. Hozirgi paytda viloyatimiz miqyosida 1 mln. donaga yaqin kunduzgi yorituvchi lyuminessent lampalari mavjud. Ushbu lampalarni zararsizlantirish sexi va texnologiyasi Sankt-Peterburgdan harid qilinib, Sitora tenis klubi hududida (oldingi viloyat xo'jalik mollari bazasi hududida) o'rnatildi. Sankt-Peterburgdagi SELTA ekologik firmasida ishlab chikarilgan texnologiya uzunligi 1,6 m gacha bo'lgan barcha tipdaga yoritgichlarni zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Ammo har dona lampa uchun korxona zararsizlantirish sexiga 175 so'm pul to'lashi kerak. Ishlatish muhlatini o'tab bo'lgan lyuminessent lampalarni uy-joy shirkatlarida yoki mahallalarda markazlashtirilgan holda aholidan yig'ib olib, zararsizlantirish sexiga topshirilishi lozim. Hozirgi paytda Buxoroteks xj da 300 ming dona, I.Fozilov nomli fabrikada 20 ming donadan ziyodrok, Buxorodon xj da 1100 dona, B.Amonova birlashmasida 500 dona, Buxoronur da esa 2 ming dona (AB-40 va AB-80 tamg'ali lampalar) ko'p yillardan buyon saqlanib kelinmoqda. Bundan tashqari, barcha tumanlarimizdagi markaziy kasalxonalarning tozalash inshootlari qoniqarsiz ishlamoqda. Natijada ochiq suv havzalari turli mikroblar va kasallik tarqatuvchi bakteriyalar bilan ifloslanmoqda. Oxirgi yillarda Respublikamizda va viloyatimizning barcha shirkat va fermer xo'jaliklarida chigitni plyonka ostida ekish texnologiyasi joriy etildi. Buning uchun kalinligi 20-100 mkm va eni 60 sm bo'lgan polietilen plyonkalardan foydalaniladi. Bundan tashqari, mashina-traktor parklarida ishlatish muhlatini o'tab bo'lgan va hozirgi paytda yig'ilib qolgan rezina shinalari mavjudki, ularni regenerasiya qilish (ya'ni, dastlabki xossalarini tiklash) ancha qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. Hozirgi paytda bir marta ishlatiladigan plastmassa mahsulotlari (shprislar, naychalar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga