Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar. Birinchi marotaba o'tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov va I.V.Petryanovlar chiqindisiz texnologiya atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi paytda chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar atamalari o'rniga toza yoki birmuncha toza texnologiyalar atamalari ham qo'llaniladi. Chiqindisiz texnologiya - insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali foydalanish ta'minlash va atrof - muhitni muhofazalashdir. Chiqindisiz texnologiya - mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki, unda xom-ashyo - ishlab chiqarish - iste'mol qilish - ikkilamchi xom-ashyo resurslari ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo'llaniladi va tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta'sir uning normal holatidan chiqara olmaydi. Ushbu ta'rifda 3 ta sharf mavjud: 1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi. 2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo'lgan barcha komponentlardan samarali foydalanish va energiya resurslari potencialidan to'liq foydalanishning majburiyligi. 3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga ta'sir etmasligi. Fizika kursidan ma'lumki, termodinamikaning II - chi qonuniga asosan, davriy ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficenti (FIK) ni quyidagi formulalar yordamida hisoblash mumkin: Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q2 = 0 yoki sovutgichning harorati T2 = 0 bo'lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo'la oladi. Ammo Nerist ko'rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo'lgan mashinani yasab bo'lmaydi, yoki isitgichdan Q1 issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to'liq termodinamikaning II - chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta'riflash mumkin: faqat bitta issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo'lmaydi. FIK 100% ga teng bo'lgan mashinalarga perpetium mobilening ikkinchi turi deb ataydilar va termodinamikaning II - chi qonunini perpetium mobileni ikkinchi turini yasash mumkin emas, deb ta'riflaydilar. Termodinamikaning II - chi qonuniga asosan, nazariy jihatdan 100% chiqindisiz texnologiyani yaratish mumkin. Ammo amalda (real hayotda) ishlab chiqarish jarayonlarida energiya isrofi bo'ladi, ya'ni energiyaning ma'lum bir miqdori mashinaning isib ketishiga mumkin. Shuning uchun chiqindisiz texnologiya atamasi shartli bo'lib, uning o'rniga ekologik toza texnologiya yoki ekologiya zararsiz texnologiya atamalari qo'llaniladi. Kam chiqindili texnologiya - mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta'sir ruxsat etilgan sanitariya - gigiyenik me'yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iqtisodiy sabablarga ko'ra, xom ashyoning m'lum bir kichik miqdori chiqindi bo'lib qolishi mumkin. Kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shartifoydalanishga yaroksiz bo'lib chiqindilarni, xususan, zaharli moddalarni zararsizlantirish sistemasining mavjudligidir. Bunda chiqindilarning tabiiy atrof - muhitga etkaziladigan ta'siri ularningruxsat etilgan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.8 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:30 ]
Arxiv ichida: doc