Ekologik huquq. Asosiy atama va iboralar lug'ati

Ekologik huquq. Asosiy atama va iboralar lug'ati

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik huquq. Asosiy atama va iboralar lug'ati - rasmi

Material tavsifi

Ekologik huquq. Asosiy atama va iboralar lug'ati Agrar hudud qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi bilan band bo'lgan alohida bir ekologik-huquqiy holatga muhtoj zonalar (hududlar) Alohida muhofaza etiladigan-hududlar tarixiy-madaniy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik funksiyalarni bajaruvchi alohida huquqiy holat hamda davlat e'tiboridagi hududlar va obyektlar Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekologik, madaniy-sog'lomlashtirish, ilmiy, estetik, rekratsion (dam olish) funksiyalarni bajaruvchi alohida huquqiy holat hamda davlat e'tiboridagi tabiy hududlar va obyektlar Antarktika hech qaysi bir davlat yuridiktsiyasiga kirmaydigan va xalqaro-huquqiy me'yorlar bilan tartibga solib turiladigan yer kurrasidagi eng sovuq, oltinchi qit'a. Atmosfera havosi qonun bilan muhofaza etiladigan, Yer sharini o'rab turuvchi gaz va bug'lardan iborat bo'lgan havo qatlami Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi insonlarni o'rab turuvchi tabiiy muhit unsurlarining ekologik-huquqiy talablardan ortiq me'yorda fizik va kimyoviy jihatdan o'zgarishi Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish manbai xalqaro ekologik munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy-me'yoriy hujjatlar yig'indisi Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish insonlarning ekologik xavfsiz muhiti hamda davlatlarning barqaror rivojlanishini ta'minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, me'yorlari va munosabatlari yig'indisi Baliq ovlash baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini sanoat, havaskorlik va sport maqsadida tutish Baliq xo'jaligi hududlari nodir va yuqolib ketayotgan baliq turlari hamda boshqa suv hayvonlarini muhofaza etish va ko'paytirish maqsadida, shuningdek, baliq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv obyektlari yoki ularning bir qismi Botanika bog'i o'simlik termalari (kollektsiyalari)ni tuzish, to'ldirish va asrash, ilmiy, o'quv-ta'lim ishlarini olib borish yo'li bilan mahalliy va jahon miqyosidagi o'simliklar majmualarining nodir hamda muayyan turkumga xos turlarini maxsus yaratilgan sharoitda asrash, o'rganish, iqlimlashtirish, ko'paytirish, shuningdek, ulardan samarali va oqilona foydalanish maqsadida tashkil etilgan bog'. Davlat biosfera qo'riqxonasi Qo'riqxonaning bir turi bo'lib, ulardagi barcha ishlar xalqaro huquq me'yor talablari darajasida olib boriladi. Davlat buyurtma qo'riqxonasi tabiiy majmualar yoki ularning ayrim bo'laklarini asrash, ko'paytirish va tiklash maqsadida uning oldiga qo'yilgan vazifalarni bajaruvchi muddatli hududlar (akvatoriyalar). Davlat yer nazorati (inspektsiyasi) mahalliy hokimiyat va davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan yer munosabati qatnashchilari (subyektlari)ning yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir faoliyatlarini tekshirish Davlat milliy bog'i tabiatni muhofaza qilish muassasi hisoblangan alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo'lgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekratsiya, ma'rifiy-madaniy, ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan tabiiy majmua Davlat tabiat yodgorliklari ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o'rnini to'ldirib bo'lmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo'lgan obyektlar Davlatning ekologik boshqaruvi o'z vakolat doirasida davlat boshlig'i, hokimiyati hamda ijro etuvchi davlat organlari va ularning ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi faoliyati Dendrologiya bog'i ilmiy, madaniy, rekratsiya va boshqa yusinda g'oyat samarali foydalanish uchun daraxtlar, butalarning har xil turlarini hamda ulardan tarkib topgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.84 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.84 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga