O'zbekiston RespublikaSI DAVLAT SOLIQ QO'MITASI TOSHKENT SOLIQ KOLLEJI Mavzu: Ekologik muammolar Toshkent 20xx Ekalogik muammolar va ularning yechimi. Insonning mrhnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqin-dilar ( qattiq, gazsimon va suyuq ) ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o'simlik va hayvonot dunyosiga ta'sir etib, vaqt mobaynida to'planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to'planib borishi turli muammolarni ba'zan inson hayoti uchun o'ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to'liq tasdiqlanmoqda. Insonning xo'jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: issiqxona samarasi, ozon tuynugi, cho'llanish. Issiqxona samarasi. Dunyo bo'yicha XX asrning 50- yillaridan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi muno-sabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqin-dilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 milliard tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o'rtacha harorat 1890-yildagi dan 1980-yilda ga, ya'ni 0,7 daraja-ga oshishiga olib keldi. Mazkur ko'rsatgich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa issiqxona samarasi ning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Olimlar-ning fikricha, issiqxona samarasi ni vujudga kelkeltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur'ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5 darajaga ko'tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o'rmon-tundra, tayga, aralash va keng bargli o'rmonlar, o'rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimol-ga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropava Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi. Dunyo bo'yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta'sirida kengayi-shiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo'yi-cha okean sathi 17,5 santimetrga ko'taril-gan. Amerika olimlarining bashoratiga ko'ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4-2,2 metrga ko'tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko'pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo'ladi. Ozon tuynugi. XX asrning 50-yillar-idan boshlab, havoda freon gazlarining ( xlor, ftor, uglerod ) miqdori ko'pay-ganligi kuza-tila boshlandi. Bu gazlar 25 kilometr ba-landlikda joylashgan ozon qatlamini yemi-ra boshladi. Ma'lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatla-mining yemirilishi natijasida ozon tuynugi hosil bo'ldi. Mazkur tuynuk-dan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo'lishi aniqlangan. 1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutaha-ssislari hamda davlat arboblari qabul qilgan Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi da 200-yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladi-gan mahsulotlarni kamaytirib boorish tad-birlari belgilab berildi. Natijada so'nggi yillarda ozon tuynugi ning maydoni qis-qarib bormoqda. Cho'llanish. Hozirgi kunda cho'llanish jarayoni, ya'ni hosildor yerlarning, yay-lovlarning cho'lga aylanishi tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida sodir bo'lmoqda. Tabiiy onillarga asosan qurg'oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida faloqatli qurg'oqchilik oqibatida Chad ko'li may-donining 60 foizidan ortig'i, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.51 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
114.51 KB
Ko'rishlar soni
181 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: docx