Ekologik nazorat

Ekologik nazorat

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik nazorat - rasmi

Material tavsifi

Ekologik nazorat Reja: Ekologik nazoratning asosiy vazifalari Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari Ekologik nazoratning obyekt va subyektlari Tayanch iboralar: ekologik nazorat, ekologik nazorat subyertlari, ekologik nazorat obyektlari Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo'yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir. O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi Ekologik nazorat to'g'risida gi Qonuni Respublika hududida ekologik nazoratni tartibga soladi. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo'yish; atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga tahdid solishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni aniqlash; mo'ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo'jalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta'minlash; atrof muhitdagi o'zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va ko'rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to'g'risida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish; tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini ta'minlash. Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; fuqarolarning hayoti va sog'lig'i uchun qulay atrof muhitni yaratish; ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, xo'jalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta'minlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Ekologik nazorat obyektlari va subyektlari Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat: yer, yer osti boyliklari, suvlar, o'simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; atrof muhitga ta'sir ko'rsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar; atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga tahdid solishi mumkin bo'lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik. Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 444 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.28 KB
Ko'rishlar soni 444 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga