Ekologik omillar. Biosferaning tarkib - tuzilmasi haqida Reja : Abiotik , biotik, ontropogen omillar. Biosfera va uning tarkibiy qismlari. Biosenoz, turlar tarkibi va xilma-xilligi. Organizmlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar. Ekotizim (Ekosistema)lar tarkib-tuzilmalari. Ekologiyada, qayd etish joizki, tirik organizmlar yoki ular majmuini o'rab olgan tabiiy qurshovni - yashash joyi, makoni va unda mavjud bo'lgan barcha tabiiy omillar m u h i t deb ataladi. Har qanday muhit esa, o'z navbatida, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa xil ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Tirik organizmlarning hayot-faoliyati hamda geografik tarqalishiga ta'sir qiladigan (ijobiy yoki salbiy ta'sirlar) shart-sharoitlar ekologik omil hisoblanadi. Ularning tabiiy unsurlarga ko'rsatadigan ta'sir etish doirasi, mazmun-mohiyati va boshqa holatlardan kelib chiqib, 3 guruhga ajratiladi: abiotik, biotik va antropogen omillar. Abiotik omillar - jonsiz tabiat bilan bog'liq bo'lib, birinchi galda, ularga iqlim ko'rsatkichlari: yorug'lik, harorat, namlik, radiatsiya, vulqonlar, yer silkinishi va boshqalar kiradi. Shuningdek, ayrim mahalliy omillar, misol uchun, yer relyefi, tuproqlar xususiyati, havo oqimi, shamol, nurlanish darajasi kabilar ham abiotik omillar hisoblanadi. Abiotik omillarning hammasi organizmga bevosita (masalan, yorug'lik, harorat) va bilvosita (rel'ef) ta'sir etishi aniqlangan. Biotik omillar - tirik organizmlarning o'zaro bir-biriga ta'siri, jumladan. o'simliklarning hasharotlar tomonidan changlanib rivojlanishi yoki turli-tuman zararkunandalar ta'sirida kasallanib, qirilib ketishi, bir turning boshqa tur organizm bilan oziqlanishi, yorug'lik yoki oziqa manbalari uchun raqobat, parazitik ta'sir va boshqalar. Shuni alohida ta'kidlash ham kerakki, biotik omillar va munosabatlar nihoyatda murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ular ham bevosita va bilvosita ta'sir ko'rinishlarida namoyon bo'ladi. Antropogen omillar - inson faoliyatining atrof-muhitga ta'sir doirasi bilan bog'liq. Buning natijasida, ayniqsa, hozirgi paytda, barcha hayotiy muhitlar, ya'ni suv, havo, tuproqlar va biosfera tarkib - tuzilmasida turli xil ekologik o'zgarishlar paydo bo'ldi. Yanada oddiy qilib ifodalansa, antropogen omillar tufayli atrof-muhit ifloslandi va ko'plab muammolar yuzaga keldi. Biosfera va uning tarkibiy qismlari Insonlarning atrof-muhitiga ta'siri tufayli sodir bo'ladigan ekologik muammolarni oldindan bilish va kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalab, iqtisodiyotning turli sohalarida faol xizmat qiladigan yetuk mutaxassislarni yetishtirish shu kunning eng dolzarb masalasidir. Yoshlarning muhim vazifalaridan biri -- biosfera tarkib-tuzilmasi va mazkur hayotiy muhitning o'ziga xos ko'rsatkichlari haqida yetarli darajada bilimga ega bo'lishdir. 2-mavzuda ta'riflangan sayyoramizdagi mavjud 4 ta muhitda, ya'ni quruqlikda ham, havoda ham, suvda ham, nihoyat, tirik organizmlar tanalarida ham muayyan mavjudotlar yashaydi. Rus olimi V.I.Vernadskiy XX asr boshlaridayoq, barcha tirik organizmlarning insoniyat uchun muhim ahamiyatini tavsiflab bergan edi. Olimning ta'kidlashicha, tirik organizmlar, ayniqsa, Yer yuza manzarasi ko'rinishini o'zgartirishida muhim omil hisoblanadi. Biosfera sayyoramizdagi yaxlit ulkan ekotizim deb qaralib, uni juda ko'plab mikro ekotizimlar majmuidan ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.26 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
76.26 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:31 ]
Arxiv ichida: docx