Ekologik ta'lim va tarbiya Reja: Ekologik ta'lim-tarbiyannig mohiyati. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologik ta'lim-tarbiyaning yo'nalishlari. Ekologik ta'lim-tarbiyani o'quv muaassalarida olib borish. 1. Ekologik ta'lim-tarbiyannig mohiyati. O'zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan chiqarilgan ko'p qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni kengaytirish va takomillashtirish hamda bu soha bo'yicha mutaxassislarni fan-texnika taraqqiyoti talabiga javob beradigan darajada tayyorlash ko'zda tutiladi. Bu muammolarning hal bo'lish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarishda koinotning bir qismi bo'lmish ona tabiatimizni saqlash, uning tabiiy boyliklaridan rejali va tejamkorlik bilan foydalanish, tirik jonzotlar; shu jumladan, inson uchun toza havo, suv va tuproq, o'simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlashda kerak. Mamlakatimizda fan-texnika, ishlab chiqarishda moddiy va ma'naviy kuchlarning rivojlanishi uchun ma'lumotli ekolog tarbiyachilar, ekolog-pedagoglar, ekolog-texnologlar, ekolog-injener, ekolog-instruktorlarning bo'lishi hozirgi zamon talabi bo'lib qoldi. Xalq xo'jaligining turli sohalari o'yicha ma'lumotli, tajribali ekolog-agroximik, ekolog-entomolog, ekolog-agrobiologlar kerak bo'lib, ular ish jarayonida kelib chiqadigan har xil muammolarni yechish borasida ekologik chora-tadbirlarni qo'llab, atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta'lim-tarbiya oila, bog'chalar, maktablar, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, turli korxonlar, tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi kerak. Natijada o'rta va oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan hamjihatlikda qishloq xo'jalik, turli yo'nalishdagi og'ir va yengil sanoat korxonalari, transport xo'jaliklarida ekologik tozalikka rioya qilgan holda ish olib boradilar. Kelajakda etishib chiqadigan turli sohadagi ekologlar zamonaviy fanlardan ma'lumot oladilar, fan-texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bog'cha, maktab, korxonalarda ishlab chiqarish tajribasini o'tib, o'zlarining amaliy qobiliyatlarini oshiradilar. Yuqori darajali yosh mutaxassislar bo'lib, tabiat va jamiyat qonunlarini mukammal o'rganib, atrof muhit muhofazasini ijobiy hal etadilar. Ekologik ta'lim-tarbiyaning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta'limni bog'cha, maktab, katta-kichik o'quv yurtlari, oliy o'quv yurtlarida ma'lum o'quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig'ilgan tajribalar umumlashtirilib, bir pedagogik shaklda keltirilib, o'quv dasturi, darsliklar tuziladi. 2. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo'layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o'rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, yechish yo'llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo'lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta'lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat: jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o'rtasidagi munosabatlarni chuqur o'rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash; ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo'naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash; har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o'zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish; jamiyat a'zolariga o'zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.61 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.61 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: docx