Ekologik ta'lim va ekologik madaniyat

Ekologik ta'lim va ekologik madaniyat

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik ta'lim va ekologik madaniyat - rasmi

Material tavsifi

EKOLOGIK TA'LIM VA EKOLOGIK MADANIYAT O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida ta'kidlaganidek, «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'zini o'zi o'limga mahkum etish bilan barobardir». Ekologik vaziyatni yaxshilashga ta'sir ko'rsatuvchi omillardan biri jamiyatning har bir a'zosida zamonaviy ekologik dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya qo'mitasi tomonidan Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etilgan «Ekologik ta'lim va aholi bilimini oshirish tizimi: amaliyot va samara» mavzuidagi konferensiyada aholining ekologik madaniyati va tafakkurini shakllantirishda ekologik ta'lim tizimining roli hamda ahamiyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Konferensiyada qayd etib o'tilganidek, O'zbekistonda aholiga uzluksiz ekologik ta'lim berish va bu sohada uning bilimini oshirish masalalari «Ta'lim to'g'risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hamda normativ-huquqiy hujjatlar asosida hal qilinmoqda. Uzluksiz ta'lim jarayoni maktabgacha ta'lim muassasalarida atrofdagi tabiat va o'rab turgan olam bilan tanishuvdan boshlanadi. Ushbu mavzuni chuqurlashtirish boshlang'ich sinflar negizida «Sog'lomlashtirish», «Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» kabi fanlar orqali, so'ngra o'rta maktabda, o'rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarida tabiiy hamda gumanitar fanlar majmui orqali davom ettiriladi. Mamlakatning barcha oliy o'quv yurtlarida va ularning 10 ta filialida Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilishning turli yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda, o'quv jarayoniga «Ekologiya» fani kiritilgan. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining organlari, vazirliklar va idoralar, ta'lim muassasalari, korxonalar va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqalarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bilan keng aholi qatlamlari o'rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini targ'ib qilish bo'yicha maqsadli ish olib borilmoqda. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda, tabiatni muhofaza qilish bo'yicha turli aksiyalar, tanlovlar, ko'rgazmalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar o'tkazilayotir. So'nggi besh yil davomida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining organlari tomonidan 6 mingdan ortiq radioeshittirish va teleko'rsatuvlar berib borilgan. Respublika gazetalari sahifalarida ekologiya mavzuiga oid maqolalar muntazam ravishda e'lon qilinmoqda. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi huzuridagi «Chinor» ekologik nashriyot kompaniyasi tomonidan ilmiy-ommabop va axborot-ma'lumot adabiyotlari, shu jumladan, 26 ta kitob, 19 ta risola, 7 ta buklama, 35 ta plakat, «Ekologiya xabarnomasi - Ekologicheskiy vestnik» jurnalining 60 ta soni nashr etildi. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan mahalliy va xorijiy sheriklar, O'zbekiston Ekologik harakati, Ekoforum, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Mahalla» jamg'armasi, «Ekomaktab» nodavlat notijorat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.54 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.54 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga