Ekologik tizimlar haqida tushuncha

Ekologik tizimlar haqida tushuncha

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik tizimlar haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Ekologik tizimlar haqida tushuncha Reja: Ekologik tizim tushunchasi. Ekotizimda modda va energiya oqimi. Ekotizimlarning mahsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari. Ekologiyaning matematik modeli. Ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi. Darsning maqsadi: Ekologik tizim, unda modda va energiya oqimi, uning mahsuldorligi to'g'risida tushuncha berish, ekologik piramida tushunchasini sodda va yetarli misollar yordamida tushunib yetish, ekologiyaning matematik modeli tug'risida birlamchi malaka hosil qilish, ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi hodisalarini o'rganish. Ekologik tizim tushunchasi Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O'simliklar ozuqlanish jarayonida o'lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo'lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o'zlari uchun o'zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o'txo'r va etxo'r organizmlar misol bo'ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo'shimcha kislorod va suv ham oladi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o'rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o'zaro va ham tashqi muhit bilan bog'langan yaxlit tizimni hosil qiladi. Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo'ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O'rmon, ko'l, o'tloq va hoka'zolarni o'rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim - bu biosfera hisoblanadi. Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko'pincha biogeotsenoz atamasi ham qo'llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo'lagi hisoblanadi. Ekotizimda modda va energiya oqimi Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o'ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organik birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o'tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog'och, toshko'mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug'lik o'sha quyoshdan olinib, to'planib qolgan energiyadir. Organizmlarning ozuqalanishiga ko'ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o'rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo'lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi: 1-zveno - produtsentlar bo'lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o'simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi. 2-zveno - konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi. 3-zveno - redutsentlar ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.06 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga