Ekologik tizimlar xaqida tushuncha

Ekologik tizimlar xaqida tushuncha

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik tizimlar xaqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Ekologik tizimlar haqida tushuncha Reja: Ekologik tizim tushunchasi Ekotizimda modda va energiya oqimi Ekotizimlarning maxsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari Ekologiyaning matematik modeli Ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi Darsning maqsadi: Ekologik tizim, unda modda va energiya oqimi, uning maxsuldorligi to'g'risida tushuncha berish, ekologik piramida tushunchasini sodda va etarli misollar yordamida tushunib etish, ekologiyaning matematik modeli to'g'risida birlamchi malaka hosil qilish, ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi hodisalarini o'rganish. Ekologik tizim tushunchasi Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. o'simliklar ozuklanish jarayonida ulik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi yani ular xali istemol qilishga tayyor bo'lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun xam ularga avtotroflar, yani uzlari uchun uzlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuka moddalari bilan oziklanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha utxur va etxur organizmlar misol bo'ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo'shimcha kislorod va suv xam oladi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozukasi tarkibidagi barcha moddalarning o'rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida xam o'zaro va xam tashqi muhit bilan boglangan yaxlit tizimni hosil qiladi. Tirik organizmlarning xar qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar xajmi jihatidan turlicha kattalikda buladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, yani mikroekotizim deyish mumkin. Urmon, kul, utlok va xoka'zolarni o'rtacha kattalikdagi ekotizim, yani mezotizim deyish mumkin. Okean, kita va shu kabilarni yirik ekotizim, yani makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim yani megaekotizim - bu biosfera hisoblanadi. Ekotizimning sinonimi sifatida fanda kupincha biogeotsenoz atamasi xam kullaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo'lagi hisoblanadi. Ekotizimda modda va energiya oqimi Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol uynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organik birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni istemol qiladi. Istemol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga utadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chikadigan issiqlik, yog'och, toshkumir yoki torfning yonishida chikadigan issiqlik va yorug'lik usha quyoshdan olinib, tuplanib kolgan energiyadir. Organizmlarning ozukalanishiga ko'ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o'rtasidagi trofik aloqalar ozukalar zanjirini hosil qiladi. bu zanjir yopiq bo'lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi: 1-zveno - produtsentlar bo'lib, bularga avtotrof organizmlar yani yashil o'simliklar kiradi. Ular ozukani yaratuvchilar hisoblanadi. 2-zveno - konsumentlar yani istemol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi. 3-zveno - redutsentlar yani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.76 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.76 KB
Ko'rishlar soni 152 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga