Ekologik tizimlar, muhit va ekologik omillar Reja: 3.1. Ekologik tizimlar haqida tushuncha 3.2. Muhit haqida tushuncha 3.3. Ekologik omillar Tayanch iboralar: biogeotsenoz, biotsenoz, ekotizimlar, geterotrof, konsumetlar, produtsentlar, agroekotizimlar, muhit, ekologik omillar, antropogen omillar, akklimitizatsiya. 3.1. Ekologik tizimlar haqida tushuncha Biosferadagi barcha o'simliklar va hayvonlar odatda jamoa holda yashaydi. Bunda ular o'zaro munosabatda bo'ladilar. Muayyan tuproq sharoitida o'simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug''lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi. Faqat birnecha tur o'simlik qavm bo'lib yashasa fitotsenoz, bir necha tur hayvonlarning birgalikda qavm bo'lib yashashiga zootsenoz deyiladi. Biogeotsenoz atamasi fanga 1941 yilda rus olimi V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan (Bios, lotincha geo-yer, senoz - umumiy). Tirik organizmlarning bir-birlariga o'zaro ta'siri muhitning biologik omillari deb qaralsa, ularning atrofini o'rab olgan barcha tirik organizmlar biotsenotik muhitni tashkil etadi. Demak, bir hil muhitga moslashib olgan va bir joyning o'zida birga yashaydigan barcha organizmlar yig'indisi biotsenoz deyiladi. (Bios, lotincha -hayot, senoz - umumiy). Biotsenoz atamasini fanga 1877 yilda nemis olimi K. Libius kiritgan. Biotsenoz odatda fitotsenoz, zootsenoz, mikotsenoz va mikrobiotsenozlardan tashkil topgan. Maydon birligiga to'g'ri keladigan turlar soni biotsenozlarning turlariga to'yinganligi deyiladi. Yashash sharoiti, o'xshash va o'zaro munosabati natijasida paydo bo'lgan, bir-biriga ta'sir ko'rsatuvchi har-xil turga mansub bo'lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig'indisiga ekologik tizim deyiladi. O'rmon, cho'l, o'tloq (yaylov, suv xavzasi va boshqalar ekotizimga misol bo'la oladi. Ekotizimlar tushunchasi fanga 1935 yil ingliz ekologi A. Tensli tomonidan kiritilgan. A. Tensli ta'rifiga ko'ra ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddalar va energiya almashinuviga ega bo'lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimidir. SHunday qilib, ekotizim mikroorganizmlarga ega bo'lgan bir tomchi suv, o'rmon, tuvakdagi o'simlik, kosmik kema va x.k. Ko'pincha ekotizm va biogeotsenoz tushunchalari bir-birini sinonimi sifatida qo'llanildi va deyarli birxil ma'noni bildiradi. Ammo, ba'zi tomonlari bilan ular farq qiladi. Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kengroq tushunchadir. Biogeotsenoz ekotizm bo'la oladi, ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo'lmaydi. Ekotizimlardagi organizmlar hayot faoliyati va moddalarning aylanish uchun energiya talab etiladi. Yashil o'simliklar hayot uchun zarur bo'lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonlarida organik birikmalar to'playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar avtotroflar yoki produtsentlar deb ataladi. Demak produtsentlar - o'simliklar bo'lib ular harqanday biotsenozning asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to'plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir, ya'ni hosil qiluvchilardir. O'simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotrof organizmlar, ya'ni hayvonlar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ammo bu organizmlarning biron turi ham o'simliklar, hayvonlardagi organik moddalarni oxirigacha parchalay olmaydi. O'simliklar tomonidan to'plangan organik ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.83 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.83 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:32 ]
Arxiv ichida: doc