Ekologik tizimlar

Ekologik tizimlar

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologik tizimlar - rasmi

Material tavsifi

Ekologik tizimlar 1.1 Tizimlar tushunchasi 1.2 Biologik tizim 1.3 Ulkan biotizimlar 1.4 Biotsenoz 1.5 Ekologik tizimlar (ekotizimlar) ta'rifi 1.6 Biotsenozda o'zaro bog'liklik xususiyati 1.7 Biogeotsenoz 1.8 Biomalar 1.9 Ekologik makon 1.10 Hayotiy shakl 1.11 Areal Ekologik tizimlar yoki qisqacha ekotizimlar ekologiyaning fan sifatida asosiy predmeti hisoblanadi. Ekotizim to'g'risidagi tasavvur garchi ancha ilgari paydo bo'lgan bo'lsa ham, «ekotizim» atamasi birinchi marta 1935 yilda ingliz ekologi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Ekotizim to'g'risidagi ta'limot tizimlar nazariyasiga asoslanadi. 1.1 Tizimlar. Tizimlar nazariyasi tadqiqot doirasida umummilliy hisoblanib, uning mavjudligi uchun va mantiq-metodologik apparat va umumlashgan model ishlab chiqildi. Tizimlar nazariyasining asoschisi A.A.Bogdanov (1873-1926) hisoblanib (yunoncha tecton -quruvchi), XX asr boshlarida asosiy prinsiplarni ifodalagan va uni tektologiya deb atagan. G'arb adabiyotlarida umumiy tizimlar nazariyasining muallifi sifatida, biolog L. Fon Bertalanfi (1937) tan olingan. Tizimlar nazariyasining hozirgi zamondagi «tizim» tushunchasi quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: tizim o'zaro aloqada bo'lgan to'liq elementlarni nazarda tutadi; o'rab turgan muhit bilan alohida birlikni ifoda etadi; har qanday tizimlar elementi juda yuqori darajada o'z navbatida tizimlar elementi kuyi tartibda bo'lishi mumkin; tizim uchun emerjentlik xususiyati xarakterli hisoblanadi. Shunday qilib, o'zaro aloqada bo'lmagan elementlarni (ularning yig'indisi) bir butun, yagona tizim sifatida qarab bo'lmaydi. Tizim ierarxik tuzilishiga ega, ya'ni u yuqori tartibli va quyi tartibli elementlar yig'indisi sifatida qaralishi mumkin (tizim yonida). Tizim mutlaqo bir xil elementlardan tashkil topmaydi. Xullas, tizimlar emerjentligi - bu o'zaro aloqada bo'lgan elementlardan paydo bo'ladigan va alohida elementda kuzatilmaydigan xossalardir. Buni quyidagicha izohlash mumkin: vodorod va kislorod - gazni tashkil etadigan moddalar, suv esa ushbu elementlardan tashkil topgan - suyuqlik, lekin bu suvni agregat holati bo'lib, vodorod va kislorodning agregat holatidan kelib chiqqan emas. Tizim - bu o'zaro aloqada va munosabatda bo'lgan bir qancha elementlardan iborat bo'lib, kamida bitta yangi xususiyati bilan tavsiflanadigan o'ziga xos bir butunlikni ifodalaydi. Tizimli tadqiqot ilmiy va texnik muammolar yig'indisi bo'lib, tadqiqot obyekti o'ziga xos xususiyati va xilma-xilligi bilan tizim sifatida karaladi. Tizimning muhitni tahlil qilish vositasi matematika, kibernetika va axborotlar nazariyasi hisoblanadi. Tizimli yondashish - bu amaliy masalalarni yechish uslubi bo'lib, mavjud sharoitlarda zarur bo'lgan masalalarni yechish operatsiyasini va bu operatsiyalarni o'tkazish vositasini umumiy tizim sifatida qarashni ifoda etadi. Tizimli yondashish tufayli ko'pgina ekologik va tabiatni muhofaza qilish muammolarini har tomonlama yechish ta'minlanadi. 1.2 Biologik tizimlar. Tabiatda biotik (jonli) komponentlar (tizimlar nazariyasidagi elementlar) abiotik (jonsiz) komponentlar energiya va moddalar almashinishi yo'li bilan bitta umumiy -biologik tizimni tashkil etib, o'zaro tartibli munosabatda bo'ladi. Bu tizim birmuncha past darajada tizimga yaqin tuzilgan. Biotizimlar o'z-o'zini tashkil etish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.59 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:32 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 106.59 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga