Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya fani, metodlari, tarixi, vazifalari va ahamiyati. REJA: Umumiy ekologiya fani va uning bo'limlari. Ekologiyada foydalaniladigan uslublar. Modellashtirish. Ekologiyani qisqacha tarixi. O'rta Osiyo O'zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanishi. Ekologiya fanining vazifalari. 1.Umumiy ekologiya fani va uning bo'limlari. Ekologiya nima? Bu savolga 30 yil oldin javob berish oson bo'lardi, chunki ekologiya terminidan faqat biologlargina foydalanar edi va muhit bilan organizmlarining o'zaro aloqasini o'rganadigan fan deb qaralar edi. Keyingi vaqtlarda «ekologiya» termini juda keng qo'llanila boshladi va inson bilan atrof-muhit o'rtasida bo'ladigan xoh tabiiy, xoh o'zaro aloqalarni har qanday formasida ishlatilmoqda. Ekologiya so'zi o'zining ilmiy biologik termin ahamiyati o'rnini, muhim sotsial,siyosiy termin bilan almashdi.Endi ekologiyani mohiyati tabiatni muhofaza qilish va undan ratsional foydalanish deb tushunila boshlandi.Akademik D.S.Lixachyov ta'biri bilan aytganda «ekologik madaniyat» deb ham atash mumkin. Ekologiya grekcha oikos, yashash joyi, uy, boshpana logos, fan terminini nemis olimi E.Gekkel 1866 fanga kiritdi. Rus tilida ekologiya terminini birinchi marta I.I Mechnikov 1868 ishlatdi. Boshqa fanlar singari ekologiya fani ham o'zining uzoq tarixiga ega. Ekologiya - demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o'zaro aloqalarini, munosabatlarini o'rganadi. Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy obyekti hisoblanadi. Shuning uchun ham umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'linadi. 1.Autekologiya yunoncha aytos - o'zi degan ma'noni b. ayrim turlarni o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro aloqasi, munosabati. 2.Populyastiyalar ekologiyasi fr. populyas'on- aholi.populyastiyalar tuzilishi va dinamikasini o'rganadi. 3.Sinekologiya - yunoncha sin - birgalikda Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi muhit bilan o'zaro munosabatlarini o'rganadi. 4.Biosfera yunoncha bio-hayot, sfera - shar degan m.bEr qobig'idagi tirik mavjudotlarni tarqalishini o'rganadi. 2.Ekologiyada foydalaniladigan usullar. Ekologiyani foydalaniladigan usullari asosan qo'yidagilardan iborat. 1.Tasvirlash usuli. 2.Taqqoslash usuli. 3.Tajriba usuli. 4.Modellashtirish usuli. Yuqoridagi birinchi uchta uslublari deyarli biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi. 3.Modellashtirish. Tabiat bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o'rganishda sistemali uslubdan foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o'zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o'rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir. Model' olamidagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo'lib , ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model' so'z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi. Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisani ba'zi tomonlarini aniq ma'lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model' haqiqatni to'g'ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib, sistemaga yangi omillarni kiritish va ularni ta'sirini aniqlash mumkin bo'ladi. Modellar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.35 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga