Ekologiya fani, tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi

Ekologiya fani, tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fani, tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya fani, uning tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa fanlar bilan bog'liqligi Ma'lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, transnort, qurilish, energetika tarmoqlari tez sur'atlar bilan o'sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko'mir, rangli metallar) dan haddan tashqari foydalanildi, quriq yerlar-yaylovlar, to'qayzorlar, botqoqliklar o'zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo'jaliga tarmoqlarida turli zaharli kimyoviy moddalardan qo'llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o'zgaradi, turli ifloslanishlar paydo bo'ldi. Bular nafaqat iqtisodiy - ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo'ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga kamayib borishi ko'pchilikka ma'lum bo'lib qoldi. Bundan tashqari, ba'zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi (masalan, Orol dengizining qurib borishi, Zarafshon daryosining qurib borishi, Arnasay ko'llari atrofidagi ekologik muammolar va hoka'zolar), o'simlik va hayvonot turlarining qirilib ketishiga sabab bo'ldi. Agar 17 - 18 asrlar davomida hammasi bo'lib 32 turlari yo'qolib ketgan bo'lsa, 20 asr oxirlariga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq o'simlik turlari yo'qolib ketdi. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bog'liq holda tabiatning insonga aks ta'siri, ya'ni uning hayotida, iqtisodiyotida xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq har qanday hodisa tushuniladi. Masalan, iqlimning o'zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo'ladigan muammolar, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba'zi bir favqulodda vaziyatlar va hodisalar, ba'zi bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga. ko'chib borishi va hoka'zolar, ekologik muammo bo'la oladi. Ekologik muammolarni ko'lami va dolzarbligiga qarab 3 guruhga ajratish mumkin. Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining siyraqlanishi, Atmosferaning dimiqishi, chuchuk suv muammolari misol bo'la oladi. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining qurib borishi, Arnasoy ko'llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko'li muammosi va boshqalar misol bo'la oladi. Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoat korxonalari joylashgan mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) tabiatni muhofaza qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestisidlar, gerisidlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan bog'liq agrosanoat ekologik muammolari misol bo'la oladi. Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, oykos-uy va logos-fan, ta'limot degan ma'nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest Gekkel Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari asarida izohlab bergan edi. E.Gekkel umumiy ekologiya ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalarini va ta'sirini o'rganadigan fan deb, ta'riflagan edi. Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo'lagi bo'lsa-da, ammo botanika, zoologiya nisbatan yangi fan bo'lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.58 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga