Ekologiya fanining predmeti va vazifalari

Ekologiya fanining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya fanining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya fanining predmeti va vazifalari Reja: Kirish va ekologiyaning qisqacha tarixi. Ekologiya fanining predmeti va bo'limlari. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Ekologiya fanining vazifalari. Tayanch so'z va iboralar: Ekologiya, biologiya, biosfera, biontsenoz, populyatsiya, sinekologiya, kuzatish, tajriba monitoring. 1.1. Kirish. Ekologiyaning qisqacha tarixi. Inson dunyoga kelibdiki, u atrof-muhit bilan doimo bog'lanib kelgan va qadim zamonlardan boshlab ekologiya muammosi o'sha zamon odamlarining hayot tarzida muhim o'rin tutgan. Butun dunyo, ayniqsa Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan ekologik muhitning saqlanishiga katta e'tibor berib kelganlar. Xalqimiz orasida qadim-qadimlardan ekologiyaga e'tibor berilganligiga dalolat: Suvga tupurma, ariqqa supurma deyilgan, chunki insonlar og'iz bo'shlig'ida millionlab har xil miqroblar (yoki supurilayotgan axlatda) mavjuddir, ya'ni boshqa insonlarga bu zararli mikroblar yuqmasin demoqchi. Eramizning boshlarida Samarqandda, Termizda sopol naylarda yer ostidan ichimlik suvi o'tkazilgan, chunki O'rta Osiyo sharoiti issiq bo'lganligi uchun suv tez buzilib, insonga zarar keltirishini oldindan bilganlar, yoki dori-darmonlarni shisha va sapol idishlarda saqlagan va tayyorlagan. Atrof-muhit bulg'anishini tirik organizmga ta'sirini buyuk olim Abu-Ali Ibn-Sino bundan 100 yildan ko'proq vaqt oldin CHang va tutun (g'ubor) bo'lmasa, inson ming yil umr ko'rardi deb yozgib qoldirgan. O'rta Osiyolik olimlar: Muhammad Muso Al-xorazmiy (782-847) Bilinki, daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga g'am, kulfat tushgan bo'ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig' tutmanglar deydi, ya'ni, daryo bilan odamlarning bir-birini tushunishlar, til topishlari, o'zaro bir-birlariga mehr-muhabbat qo'yishlarini nazarda tutgan va suvdan tejab foydalanishini aytgan. Abu-Nasr Farobiy Odam a'zolarining tuzilishi, hayvonlar a'zolari va ularning vazifalari haqida kitobida tirik organizmning ovqatlanish ekologiyasiga doir muhim fikrlarni bildirgan. Abu Rayxon Beruniy yer hodisalarini quyosh ta'siri bilan bog'laydi. Keyinchalik uning fikrlarini A.L. CHejevskiyning Quyosh bo'ronlarining yordamchi sadosi nomli kitobi 500 yillik xolera va gripp kasalliklari Quyosh faoliyati bilan bog'liqligini isbotladi. Hozirgi paytda ekologiya fanining ko'p tarmoqlari mavjud bo'lib, ular tez rivojlanmoqda. Ya'ni fiziologik ekologiya, biofizik ekologiya, bioximik ekologiya, morfologik ekologiya, matematik ekologiya, genetik ekologiya va boshqa yo'nalishlar tarkib topti. Ekologiya fani tirik organizm bilan tabiat orasidagi munosabatlar, bog'lanishlar haqidagi fan bo'lganligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish kursi bilan ham uzviy bog'langandir. Tevarak-atrofimiz zaharli moddalar bilan yildan-yilga ifloslanib bormoqda ekan, insoniyat hozirgi kunda ekologik bilimga muhtoj bo'lib qoldi. Avvalo, inson tabiat boyliklarini tezroq qazib olib, o'z ehtiyojlarini ko'proq qondirish uchun texnika vositalaridan ko'proq foydalanib, ona yer qo'ynida yotgan juda ko'p moddlarni (shu jumladan radioaktiv moddlar, ftor moddasi va b.) atrof-muhitga sochib yubordi. Bundan tashqari ko'proq hosil olish uchun kimyoviy moddlardan (pestitsidlar, gerbitsidlar fungitsidlar, defoliantlar va b.) foydalanib va ko'p zaharli moddlarni tuproqqa va atrof-muhitga tarqatilmoqda. Har bir inson ona tabiatni sevish, tabiatni saqlash, atrof-muhitni muhofaza ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.02 KB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga