Ekologiya va inson

Ekologiya va inson

O'quvchilarga / Ekologiya
Ekologiya va inson - rasmi

Material tavsifi

Ekologiya va inson Reja: 5.1. Sotsbiologiya haqida tushuncha. 5.2. Quyosh sikllari va inson sog'ligi. 5.3. Tabiat bilan jamiyat orasidagi nomuvofiqlikni vijudga kelishi. 5.4. Raketa - yadro qurollarining atrof-muhitga ta'siri va inson sog'ligi. Tayanch iboralar: sotsbiologiya, genetika - reduktsionizm, koevolyutsiya, pangibiologizm, quyosh sikllari, fotosintez, yadro qishi, radiaktiv. 5.1. Sotsbiologiya haqida tushuncha. Insonning rivojlanishi biologik jarayondir, ammo uni sotsial muhitdan ajratib bo'lmaydi. Inson tafakkuri va aql zakovatning rivojlanishi bevosita va bilvosita atrof-muhit, sotsial sharoit bilan bog'langandir. SHuning uchun ham sotsial biologiya yo'nalishi vujudga keldi. Bu fanning vujudga kelishi 1975 yili amerikalik entomolog E.O. Uilsonni Sotsbiologiya yangi sintez nomli kitobi bilan bog'langandir. E.O. Uilson konsepsiyasida axloq, erkinlik, agressiyatajovuz, alturizm, shaxsiyatparastlik va insonning boshqa sifatlarida yangicha qarash bayon qilingan. Bu masalalarda hayvon bilan odam xulqi chegarasida darvinizm, tabiiy tanlash muammolari haqida fikr yuritiladi. Bu muammolarni yechishda biologiya va molekulyar genetik reduktsionizm: antropologiya biologiyaga, biologiya esa molekulyar genetika keltiriladi. Inson tabiatni bilishda sotsiobiologlar irsiy madaniyat koevolyutsiya nazariyasini kiritish kerak dedi. Irsiyat va madaniyat bir-biri bilan o'zaro bog'langan va insonni ko'pgina qilgan ishlarini sababiyati bo'lib hisoblanadi. E.O.Uilson sotsbiologiyani asosiy vazifasi qilib butun hayvon va insonning sotsial xulqini o'rganishni qo'yadi. Irsiy madaniyat koevolyutsiya tarafdorlari insonning axloqiy sezgilari biologik kanallar orqali beriladi deb ta'kidlashadi; masalan: yaqin qarindoshlar turmush qurishganda ayrim genetik, morfologik kasalliklarning kelib chiqish. Tajovuzkorlik bobida, millatlar o'rtasidagi urushlar, sotsbiologiyani turlararo kurashini misol qilib ko'rsatish mumkin. Koevolyutsiya bu jamiyatda insonni rivojlanishida biologiyani va sotsial muhitni o'zaro ta'siridir. Inson tabiat va biosfera bilan o'zaro bog'langandir. Ammo tabiatni o'zigina insonni yetuk inson darajasiga ko'tara olmaydi. CHaqaloq bola yetuk inson bo'lishi uchun albatta boshqa insonlar bilan muloqotda bo'lishi kerak. Xulosa qilib aytganda, insonni rivojlanishida pangibiologizm va pansotsiologizm oqimlaridan o'laroq inson va tabiat, biologik jarayonlarni bir butun deb qarash kerak. 5.2. Quyosh sikllari va inson sog'ligi. A.A. CHijevskiy 500 yil mobaynida bo'lgan gripp kasalligini epidemiyasini tekshirib, quyosh faolligi bilan taqqoslab, 11,3 yil bilan takrorlanishni aniqlandi. A.A. CHijevskiy Rossiyada 1902-1924 yillarda xolera kasalligi bilan og'riganlar soni bilan quyosh faolligini solishtirib olingan natijalarga ko'ra, quyosh radiatsiyasi oqimi, magnit maydon kuchlanganligi yuqori bo'lib, yerda har xil kasalliklarni, jumladan xolera kasali epidemiyasini keng tarqalishiga sababchi bo'lishini aniqlaydi. Quyoshda, kosmosda bo'ladigan termoyadro reaksiyalarining faolligi yerdagi magnit maydon kuchlanganligini o'zgartirib, yerdagi bo'ladigan kasalliklar, har xil ofatlar va ekologik o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda, bu esa insonlar kayfiyatiga, ya'ni inson ekologiyasiga salbiy ta'sir etmoqda. Bulardan tashqari XX asrning ilmiy texnikaviy revolyutsiyasi ham tabiatga, atrof-muhitga ham ijobiy, ham salbiy ta'sirini o'tkazadi. Hozirgi zamon tabiatshunosligi, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanlarining vazifasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.91 KB
Ko'rishlar soni 125 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga