Ekologiya va iqtisodiyot Maqsad: bo'lajak iqtisodchi mutaxassislarda ekologik vaziyatning iqtisodiy holatga ko'rsatadigan ta'siri to'g'risida ma'lumot berish va ularda barqaror rivojlanish to'g'risidagi dunyoqarashni shakllantirish. Reja: 1. Ekologiya va iqtisodiyotning o'zaro bog'liqligi. 2.Ekologik - iqtisodiy barqaror rivojlanish konsepsiyasi. 3.Ekologiya iqtisodiyotining iqtisodiy mexanizmlari. Ekologiya va iqtisodiyotning o'zaro bog'liqligi yer yuzida inson paydo bo'lganidan boshlab hozirgacha u o'zining iqtisodiy sharoitini tabiiy ne'matlar hisobiga yaxshilab kelmoqda. Moddiy ne'matlardan joydalanish jarayonida u ilgarigi vaqtlarda bilib-bilmay isrofgarchaliklarga yo'l qo'ygan, buning uchun uni tabiat jazolagan ham. Masalan, eramizdan ilgari kishilar yirik hayvonlarni ko'plab ovlagani tufayli tabiatda bu hayvonlar kamayib qolib, ocharchilik vujudga kelgan va odamlar o'rtasida o'lim ko'payib aholi soni ikki baravarga kamayib qolgan. Bu va shunga o'xshash holatlar odamlarning ongi va fikrlash qobiliyatini o'stirib, tabiiy resurslardan foydalanishda ehtiyotkorlik belgilarini shakllantirgan. Aholining moddiy iste'mol ehtiyoji cheksiz, chunki dunyo aholisi soni muttasil o'sib bormoqda. yer yuzidagi 6,5 mlrd. odamning o'rtacha 70 yillik umri davomida tabiatdan oladigan noz-ne'matlarini hisob-kitob qiladigan bo'lsak, quyidagi raqamlar kelib chiqadi: 1.Oziq-ovqat 4500 kg. x 6,5 mlrd. q 292x5Q11 kg. 2.CHuchuk suv: jami 1 kunda 230 l. x 363 kun q 83 490 l. x 70 yil q 5 844 300 l. 5 844 300 l. x 6,5 mlrd. q 37987 x 95 Q10l. sh.j. ichimlik uchun 1 kunda 2,5 l. x 363 kun q 907,5 l. x 70 yil q 63525 l. 63 525 l. x 6,5 mlrd. q 412912 x 5Q8l. Yuqoridagi raqamlardan ko'rinadiki, yer yuzining har bir aholisi hayoti uchun giper raqamlarga teng miqdorda oziq - ovqat va suv resurslari talab qilinadi. Holbuki bu resurslar bitmas tuganmas emas. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, talab, ehtiyoj va moddiy ne'matlar zaxirasi o'rtasida katta farq mavjud. Bu, bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya'ni xo'jalikni hisob-kitob bilan yurgizishni taqozo qiladi, ikkinchi tomondan esa, birlamchi tabiiy resurslarning o'rnini bosaoladigan sun'iy materiallarni izlab topish va ulardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu muammoning echilishida iqtisodiyotning ahamiyati beqiyos kattadir. Iqtisodiyotning tabiiy resurslar bilan ta'minlanganligi ko'p vaqt mobaynida tabiat qonunlari, ayniqsa ekologik qonuniyatlarga bog'liqligi tan olinmadi. Iqsodiyotdagi «eng kam mablag' sarflab yuqori daromadga erishish» tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish natijasida ekologik inqiroz yuz berdi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproq tabiiy unumdorligining pasayib ketishida namoyon bo'ldi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining 1 % ga kamayishi natijasida hosildorlikning o'rnini qoplash uchun 10 % sarf-xarajat talab qilinadi. Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko'ra o'tgan asrning ikkinchi yarmida insonning tabiiy muhitga etkazgan zarari va u orqali aholi sog'ligiga etkazilgan moddiy zarar jahonning yillik byudjetidan ortiq. Bu yerda ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.28 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:34 ]
Arxiv ichida: doc