Energetika va atrof muhit

Energetika va atrof muhit

O'quvchilarga / Ekologiya
Energetika va atrof muhit - rasmi

Material tavsifi

Energetika va atrof muhit Darsning maqsadi: rivojlanib borayotgan elektr energiyasi ishlab chiqarishning tashqi muhitga ta'siri to'g'risidagi tushunchaga ega bo'lish. Reja: 1. Energetika va energotashuvchilar haqida 2. Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta'siri. 3. Gidroelektrostansiyalarning muhitga ta'siri 4. Atom elektr stansiyalarining ekologik ustivorligi. 5. Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari Energetika va energotashuvchilar haqida Energetika - bu energotashuvchilar quvvatidan foydalanib enegoresurslarni ishlab chiqarish, ularni o'zgarish, saqlash va ulardan foydalanish. Energoresurslarga sanoatda, transportda va elektr stansiyalarida hosil qilinayotgan barcha energiya turlari kiradi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish energetikaning salohiyatli qismi bo'lib, hozirgi kunda sanoat, transport, qishloq xo'jaligi va kundalik turmushimizni elektr quvvatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Sivilizasiya yuqorilab borayotgan, sanoat va transport rivojlanayotgan, yer yuzida demografik o'sish davom etayotgan sharoitda elektr energiyasiga bo'lgan talab benihoya tez sur'atlar bilan oshib borayapti. Masalan, agar aholi soni 40-50 yilda ikki martaga oshayotgan bo'lsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste'mol qilishning ikki martaga oshishi uchun 12-15 yil kifoya. Bunday talabning kelajakda yanada oshib borishi shubhasiz. Bu esa o'z navbatida hozirgi zamonda asosiy energiya manbai hisoblangan toshko'mir, mazut, tabiiy gaz kabi organik yoqilg'ilarning sarfini yanada ko'paytirish, ularning zahiralarini kambag'allashtirish bilan birga ulardan muhitga chiqariladigan chiqindilar miqdorini oshiraboradi. Hozirgi paytda elektr quvvati ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy energotashuvchi organik yoqilg'ilar bo'lib, dunyo bo'yicha olinayotgan elektr energiyasining asosiy qismi (59%) shu yoqilg'ilarni issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yondirishdan hosil qilinmoqda. Kamroq elektr quvvati (23%) suv oqimi hisobiga gidroelektrostansiyalarda (GES) va yadro zaryadi (17%) hisobiga atom elektr stansiyalarida (AES) olinmoqda. Yuqorida keltirilgan har uchchala energiya manbaining ham atrof muhitga u yoki bu darajada ta'siri bor. Ayniqsa organik yoqilg'ining yondirilishi muhitni tajovuzkor omillar bilan jiddiy ifloslaydi. Ma'lumotlarga ko'ra hozirgi kunda dunyoda olinayotgan jami energiyaning 90% organik yoqilg'ining yondirilishidan olinayotgan bo'lib, uning asosiy qismi elektr energiyasi olishga, qolgani esa sanoatga va transportning ichki yonish dvigatellarida hosil qilinayotgan boshqa turdagi energiya olinishiga sarflanadi. Bu maqsadlarda har yili 10 mlrd. tonnadan ortiq organik yoqilg'i yondirilmoqda. Undan muhitga 1 mlrd. tonnadan ortiq turli aralashma chiqindilar, shu jumladan sog'liqqa jiddiy xavf soluvchi kanserogen moddalar chiqarib tashlanmoqda. Keyingi yuz yil ichida yonishdan havoga 1,5 mln. tonnadan ortiq mishyak, 1 mln.t. kremniy, 900 ming t. kobalt, katta miqdordagi karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, qurum va boshqa aerozollar chiqarildi. Faqatgina azot oksidlarining yillik chiqarilishi 20 mln. tonnaga etdi. SHu o'rinda tarixga bir nazar tashlaydigan bo'lsak, eramizning XIV asrida London shahri xonadonlarida ko'mirning yonishidan havoning ifloslanayotganligini ko'rgan Angliya koroli Eduard II ko'mir yoqishni qat'iyan taqiqlagan va qoidabuzarlarga o'lim jazosi belgilagan. Organik yoqilg'i mutaxassislik nuqtai-nazaridan qaraganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.49 KB
Ko'rishlar soni 279 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.49 KB
Ko'rishlar soni 279 marta
Ko'chirishlar soni 46 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga