Gidrosfera va suv zahiralari. Suvning biosfera va xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati

Gidrosfera va suv zahiralari. Suvning biosfera va xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
Gidrosfera va suv zahiralari. Suvning biosfera va xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Gidrosfera va suv zahiralari haqida umumiy ma'lumot Suvning biosfera va xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati Yer kurrasida suvlardan iborat bo'lgan qobiq, gidrosfera deb ataladi. Unga biosferadagi barcha suvlar-okean, dengiz, ko'l, daryo, muzliklar, yer osti suvlari va atmosfera havosi tarkibidagi suv bug'lari kiradi. Gidrosferaning umumiy suv miqdori taxminan, 1403 mln km3 bo'lib, shundan okean suvlari 1370 mln km3, muzliklar 24 mln km3, yer osti suvlari 8 mln km3, ko'l suvlari 0,23 mln km3, tuproq tarkibidagi suvlar 0,007 mln km3, atmosfera tarkibidagi suv 0,014 mln km3, daryo suvlari 0,002 mln km3 suvni tashkil etadi. «Biz tiriklikni suvda yaratdik», deyiladi Qur'oni Karimda. Darhaqiqat, suvsiz hayot yo'q! Suv kundalik hayotimizning barcha sohalarida qo'llanilishi bilan boshqa tabiiy resurslaridan tubdan farq qiladi. Ko'mir, neft, gaz va boshqa yoqilg'ilar biri ikkinchisining o'rnini bosishi mumkin, yoki issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, atom energiyasi va quyosh energiyasidan foydalanish mumkin. Ammo kundalik hayotimizda suvning o'rnini bosadigan boshqa tabiiy resurs yo'q. Suvning kundalik hayotimizdagi ahamiyati quyidagilardan iborat: 1.Suv biosferadagi barcha jarayonlarda va, xususan, fotosintez jarayonlarining kechishiga, modda va energiya almashinishiga faol qatnashadi. Masalan, fotosintez jarayonida yiliga 225 mlrd tonna kislorod ajralib chiqadi, qariyb 300 mlrd tonna organik moddalar vujudga keladi. 2.Yer kurrasidagi barcha suv manbalari (okean, daryo, dengiz, ko'l, muzliklar, suv havzalari va boshqalar) sayyoramizda issiqlik rejimini, ya'ni iqlimni tartibga solib turadi. Gidrosferadagi suv yozda quyosh energiyasini yutib, qishda atrof-muhitni sovib ketishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosi tarkibidagi suv bug'lari esa, quyosh radiasiyasining filtri hisoblanadi. 3. Suv barcha tirik organizmlar uchun yashash vositasidir. Chunki har qanday tirik organizm to'qimalarida ma'lum miqdorda suv mavjud. Masalan, voyaga etgan kishining tanasida 70 % gacha suv bo'ladi, yosh chaqaloqlarda esa, 97 % suv bo'ladi. O'simliklar va hayvonot to'qimalarida 50-90 % atrofida, go'sht tarkibida 50 %, sutda esa, 85-90 % atrofida suv bo'ladi. 4. Suvsiz kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar amalga oshmaydi. 5.Suv tirik organizmlar tanasida haroratni boshqaruvchi modda, ya'ni termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun inson atrof-muhit haroratiga va jismoniy mehnat ko'lamiga qarab, bir sutkada 2,4- 6,5 litr suv iste'mol qiladi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxandaryo, Ohangaron va Chirchiq daryolari Respublikamizning asosiy suv manbalari hisoblanadi. Respublikamizda hammasi bo'lib 10-12 mlrd m3 oqar suv mavjud bo'lib, qolgan 85-90 mlrd m3 suv kishni mamlakatlar (xususan, Tojikiston va Kirgiziston) dan oqib keladi. Amudaryo suv yigish maydoni va yillik suv hajmi jihatidan boshqa daryolardan yuqori turadi. Amudaryoning uzunligi 1900 km, faqatgina tog'larda suv yig'ish maydoni 2770 km2 ga tengdir. Amudaryoning qariyb 83% suvlari Tojikiston hududida, faqatgina 6% suvi O'zbekiston hududida shakllanadi. Sirdaryoning uzunligi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.87 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.87 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga