Havoni changdan tozalashning maqsadlari, vositalari va texnik-iqtisodiy ko'rsatgichlari Ma'lumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va quritish jarayonida zarrachalarining o'lchami 3-70 mkm atrofida bo'lgan changlar paydo bo'ladi. Yoqilg'ilarni yoqish paytida tutunlar, bug'larni kondensasiyalashda esa, tumanlar paydo bo'ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o'lchami 0,3-5,0 mkm atrofida bo'lishi mumkin. Sanoat korxonalarida havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: Og'irlik kuchi ta'sirida changni cho'ktirish. Markazdan qochma kuchlar ta'sirida changni cho'ktirish. Elektr kuchlari ta'sirida (maydonida) changni cho'ktirish. Changli havoni filtrlash. Changli havo yoki gazlarni yuvish yo'li bilan tozalash. Havo yoki gazlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun bir qator tozalash qurilmalari ishlatiladi: chang cho'ktirish kameralari, siklonlar, skrubberlar (shu jumladan, Venturi skrubberi), uyurmali chang ushlagichlar, rotasion qurilmalar, qattiq materiallardan tayyorlangan filtrlar, elektr filtrlari va hoka'zolar. Havo yoki gazlar 3 asosiy maqsadlarda tozalanadi: Atrof-muhit havosining ifloslanishini kamaytirish, ya'ni havo tarkibidagi changning miqdorini uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (RECHK)sidan oshib ketmasligini ta'minlash uchun. Havo yoki gaz tarkibidan qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun. Texnologik jarayonlarga salbiy ta'sir etuvchi va asbob-uskunalar hamda qurilmalarning buzilishini tezlashtiruvchi moddalarni havo aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun. Shuni yodda tutish kerakki, havo yoki gaz tolzalangan hisoblanadi, agar havo tarkibidagi changning miqdori uning RECHKsini 30%ni tashkil etsa. Aks holda havo toza hisoblanmaydi. Masalan, havo tarkibida uglerod oksidi (SO) ning havodagi RECHKsi 5 mgm3 ga tengdir. Yuqoridagi ta'rifga asosan proporsiya tuzamiz: 5 mgm3 - 100% x - 30% mgm3 Ushbu hisob kitoblordan xulosa shuki, havoni SO gazidan tozalangandan keyin, tozalangan havo tarkibida SO ning konsentrasiyasi 1,5 mgm3 ni tashkil etgan bo'lsa, demak havo tozalangae va u inson hayoti, o'simliklar va hayvonot dunyosi uchun zararsiz hisoblanadi. Har bir tozalash qurilmasining texnik imkoniyatlari va iqtisodiy ko'rsatkichlari quyidagilar bilan belgilanadi: 1. Tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi. Ushbu ko'rsatkich tozalash qurilmasida havodagi changni qancha miqdorda ushlab qolinmaganligini ko'rsatadi. Masalan, tozalash qurilmasiga m1 kg changli havo kirib, unda m2 kg chang ushlab qolindi. Bunda qurilmaning ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan %larda hisoblanadi: (1) Agar havo tarkibidagi changning konsentrasiyasi ma'lum bo'lsa, unda tozalash qurilmasining ishlash samaradorligi quyidagi formula bilan hisoblanadi. (2) bu yerda Ck - qurilmaga kirayotgan havo tarkibidagi changning konsentrasiyasi, mgm3 C0 - tozalangan havo tarkibidagi changning konseitrasiyasi, mgm3 SHuni alohida ta'kidlash joizki, muhandislik amaliyotida changli havo tarkibidagi kichik zarrachalarni bitta tozalash qurilmasida butunlay ajratib bo'lmaydi. SHuning uchun tozalash jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, ya'ni avval katta zarrachalar chang cho'ktirish kamerelarida, so'ngra kichik zarrachalar elektr filtrlarda cho'ktiriladi. Har bir qo'llanilgan tozalash qurilmaning ishlash samaradorligi havoni tozalash darajasi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.47 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
26.47 KB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: docx