hayvonot dunyosini muhofaza qilish Reja: 1. hayvonlarning biosferadagi o'rni 2. hayvonot dunyosiga antropogen va tabiiy omillarning ta'siri 3. hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlari. hayvonlarning biosferadagi o'rni hayvonot olami biosferaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u 1mln. turdan tashkil topgan. Tur soni ko'p bo'lishiga qaramay hayvonlar uzlarining umumiy massasi jihatidan o'simliklarga nisbatan juda kam-tirik mavjudotlar biomassasining atigi 1% ni tashkil qiladi. Lekin bundan katiy nazar ular turining kupligi va turli tabiiy sharoitlarga moslashaolganligi hayvonlarning Yer yuzi kurukligi va suv muhitida keng tarqalishga imkon bergan. Bu esa o'z navbatida ularning biosferadagi ahamiyatini yanada mustahkamlaydi. Tabiatda hayvonlarning ahamiyati ko'p kirralidir. Ular boshqa tur hayvonlarning gushtini va o'simlik organizmlarining istemol qilish bilan hayotning eng muhim jarayoni hisoblangan modda va energiya aylanishni ta'minlaydi. o'simliklar bilan o'zaro ta'sir orqali hayvonlar tuproq hosil qilish, landshaftlarni uzgartirishda aktiv ishtirok etadi. Xalok bo'lib dengiz va okeanlar tagiga chukkan bir hujayrali sodda hayvonlardan kora orollari, oxaktosh va boshqa koplamalar paydo bo'ladi. tuproqda yashovchi chuvolchanglar, chumolilar va turli kemiruvchilar tuproq struktursani uzgartiradi, uni chirindiga boyitadi va havo o'tkazuvchanligini yaxshilaydi. Gulli o'simliklarni changlatishda xasharotlarning ahamiyati bekiyos kattadir. Kushlar o'simliklar urugini eyish bilan ularni tabiatning turli joylariga tarkatadi. Bundan tashqari ular ular kuplab zararkunanda xasharotlarni istemol qilish bilan o'simliklarni himoya qilishda, ularning hosildorligini oshirishda muhim urin tutadi. hayvonlarning inson uchun xam ahamiyati katta. Ular odamlar uchun ozuka manbai va texnik xomashyo bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek yovvoyi hayvonlar uy hayvonlarining kelib chiqishi uchun asos bo'ladi. hayvonlar odam uchun katta estetik ahamiyatga xam ega. Inson yaratuvchanlik faoliyati tabiatdan, birinchi navbatda hayvonot dunyosidan olingan andozalarga asoslangan. Inson to'qishni, suvda suzishni va havoga uchishni kushlardan urgangan. Bulbul, zargaldok va boshqa sayroki kushlarning oxangi zamonaviy musiqa yaratilishiga asos bo'lgan. hayvonlarning tirik tabiatdagi o'rni fakatgina ijobiy bulibgina kolmay, salbiy xam bo'lishi mumkin. Masalan, chumchuk va chumchuksimonlar turkumiga mansub bazi donxur va mevaxur kushlarning don va meva etishtiruvchi xo'jaliklar hududida kuplab tuplanishi xo'jalik iqtisodiga zarar etkazadi. Balikchilik xo'jaliklarining balikxur kushlardan kuradigan zarari xam bazan jiddiy tus oladi. Bundan tashqari kushlarning kitalararo turli virusli kasalliklarni tarkatishda xam o'z o'rni bor. shaharlardagi tarixiy obidalari bilan ifloslab xam kushlar inson uchun ortikcha tashvish va sarf-harakat olib keladi. Ularning samolyotlar bilan tuknashuvi ayniqsa xavfli bo'lib, aviatsiya xaloqatlarini keltirib chiqarishi va yulovchilarni xalok qilishi mumkin. hayvonot dunyosining ajralmas kismi bo'lgan xasharotlar, ayniqsa turli mikroblar, inson uchun xavfli bo'lgan kasalliklarni keltirib chikaradi, xasharotlar ekinzorlarga jiddiy zarar etkazadi. yuqorida keltirilgan bu ma'lumotlardan tabiat uchun butunlay zararli hayvon turlari mavjud degan fikr kelib chikmaydi. Bazi kasallik tarkatuvchi mikroorganizlar ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.86 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:36
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.86 KB
Ko'rishlar soni
217 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:36 ]
Arxiv ichida: docx