Hayvonot olamining xilma-xilligi

Hayvonot olamining xilma-xilligi

O'quvchilarga / Ekologiya
Hayvonot olamining xilma-xilligi - rasmi

Material tavsifi

Hayvonot olamining xilma xilligi Reja: 1.Hayvonot olamining xilma-xilligi va tuzilishi, 2.Hayvonlarning xulq-atvori, ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini 3.Hayvonlar va ularning geografik muhitda yashash tarzi shuningdek, ularning tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o'rganadi Zoologiya so'zi zoon - hayvon va logos - ta'limot, ya'ni fan degan ikkita grekcha so'zdan kelib chiqqan. Bu fan hayvonot olamining xilma-xilligi, tuzilishi, hayvonlarning xulq-atvori, ko'payishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va kelib chiqishini, shuningdek, ularning tabiatdagi va odam hayotidagi ahamiyatini o'rganadi. O'zbekiston mustaqil milliy demokratik rivojlanish yo'liga o'tishining dastlabki yillaridanoq yuksak madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan insonni tarbiyalash hamda ta'limni jahon andozasi darajasiga yetkazishga katta e'tibor berilmoqda. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risidagi Farmonning qabul qilinishi ham ana shu maqsadni ko'zlaydi. O'lkamiz tabiatini, o'simlik va hayvonot dunyosi boyliklarini o'rganish, kamol topayotgan barkamol avlodni yuksak madaniyatli, chuqur bilim egasi qilib tarbiyalashda, unda milliy iftixor tuyg'usi va vatanparvarlik hissini uyg'otishda katta ahamiyatga ega. Hayvonlar tabiatda va inson hayotida benihoya katta ahamiyatga ega bo'lib, ularni zoologiya fani o'rganadi. Zoologiya fanining rivojlanishiga Vatanimiz olimlari ham katta hissa qo'shishgan. Hayvonlar hayoti to'g'risidagi ma'lumotlar buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma shoh asarida ham o'z o'rnini topgan. XX asrda zoologiya sohasida olimlarimiz olib borgan tadqiqotlar rishta, bezgak, leyshmaniya kabi havfli parazitlarni tugatishga imkon berdi. O'zbekistonlik olimlardan D.N. Kashkarov hayvonlar ekologiyasi; T.Z. Zohidov va O.P. Bogdanov umurtqali hayvonlar; A.M. Muhammadiyev, A.T. To'laganov, J.A. Azimov, S.N. Alimuhamedov, R.O. Olimjonov, V.V. Yaxontov umurtqasiz hayvonlar to'g'risida yirik asarlar yaratishgan. Zoologiyani o'rganish uchun talabalar tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari bo'lgan o'simliklar va hayvonlar to'g'risida akademik litsey dasturi hajmida bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Zoologiya sohasida olingan ma'lumotlar kelgusida talabalarga tabiiy fanlarni chuqurroq egallash ishlarida yordam beradi. Hayvonot olami bir-biridan farq qiladigan juda ko'p sistematik guruhlarga bo'linadi. Bu guruhlar ular tuzilishining o'xshashligi va qarindoshligiga qarab tuzilgan. Hayvonlarda ham eng kichik asosiy sistematik guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub organizmlarning tuzilishi va hayot kechirishi o'zaro o'xshash bo'lib, tabiatda ma'lum bir maydon chegarasida tarqalgan bo'ladi. Ular o'zaro oson chatishib, serpusht nasl beradi. Har xil turga mansub organizmlar esa chatisha olmaydi yoki chatishganida ham nasli pushtsiz bo'ladi. Tur barcha tirik organizmlar sistemasining negizini tashkil etadi. Eng yaqin turlar urug'larga birlashtiriladi. Ilmiy sistemada tur ikki nom - urug'ning va turning nomi bilan ataladi. Urug'lar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar esa sinflarga birlashtiriladi. Hayvonlar sistemasidagi eng katta guruh tip hisoblanadi. Masalan, it, bo'ri va qashqir itlar urug'iga; mushuk va yo'lbars mushuklar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 400.25 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 400.25 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga