Inson va muhit. REJA: Muhit haqida tushuncha. Quyosh faolligi inson hayotiga ta'siri. Magnit bo'roni va uni inson organizmiga ta'siri. Tabiatdagi har bir tirik organizm, shuningdek, inson ham tashqi muhit ta'sirlarisiz yashay olmaydi. Muhit - bu makonda kishi organizmini o'rab turuvchi va unga bevosita va bilvosita ta'sir etuvchi fizikaviy, kimyoviy, biologik, tabiiy va insoniy omillar majmuasidir. Kishilarga tashqi muhitdagi xilma-xil (anorganik va organik) omillar: havo harorati, yorug'lik, namlik, bosim, radiatsiya, shovqin, vaznsizlik va boshqalar; har xil tabiiy ofatlar: zilzila, dovul, qurgoqchilik, suv toshqini, yong'inlar va boshqalar, tirik organizmlar: o'simliklar, hayvonlar va odamlarning o'zlari ta'sir etib, ularning organizmlarida ma'lum o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida ko'plab yaratilgan sanoat korxonalari, transport vositalaridan chiqqan zaharli chiqindilar yer, suv, havo, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini buzib, insonning sog'ligiga katta zarar keltirmoqda. Quyosh faolligini kuchayishini inson hayotiga ta'siri. Ma'lumki, tabiatda sodir bo'ladigan har bir hodisa nafaqat sayyoramiz atrofidagi tashqi muhitga, balki olis fazoda, Quyoshda sodir bo'ladigan jarayonlarga ham bog'likq. Professor A.L.Chijevskiy (1976) sayyoramizning organik dunyosining hayoti faqatgina Quyoshdan doimo ajraladigan energiyaga bog'liq bo'lmasdan. Quyoshda davriy ravishda sodir bo'ladigan aktivlikka ham bog'liq ekanligini kuzatish va tajribalarga tayanib asosladi. U sayyoramizdagi barcha biologik sistemalarga bo'ladigan o'zgarishlar Quyoshda sodir bo'lib turuvchi hodisalarga bog'liq ekanligini ko'ra oldi. Quyosh, yulduzlardan sayyoramizga yo'nalgan radiasiya Yerdagi hayotga katta ta'sir etadi. Bu shuni ko'rsatadiki, Ytrda hayotning paydo bo'lishida kosmik kuchlarning ta'siri ham bo'lgan. Ya'ni, bizning uyimiz nafaqat Yer, balki butun koinotdir. Radiatsiya - bu har xil to'lqin uzunligidagi elektromagnit tebranishlari bo'lib, u barcha tirik organizmlarga yorug'lik, issiqlik va kimyoviy omil sifatida ta'sir etadi. U barcha materiyaga, chunonchi, quruqlik, havo, okean va dengizlarning harakatini kuchaytirib, ba'zan har xil ofatlar olib keladi. Elektromagnit to'lqinlaridan tashqari Yerga mayda elektron, ionlar ham oqib, o'zlari bilan kosmik energiyani olib keladi. Shunday qilib, Yerda sodir bo'ladigan har xil fizikaviy va kimyoviy jarayonlar koinotdan keluvchi kuchlar ta'iridan hosil bo'ladi. Quyoshda to'fonlar kuchayganda sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarga, shuningdek odamlarga har xil ofatlar, kasalliklar keltiradi: Quyoshning tinchlangan davrida esa odamlar va barcha tirik organizmlar hayoti tinchroq o'tadi. Rossiyada uzoq yillar (100 yildan ortik) davomida Quyosh aktivligini va tirik organizmlar hayotini kuzatish shuni ko'rsatadiki, Quyosh aktivligi kuchaygan yillari, vabo, gripp, chuma, bezgak, defteriya, qaytalama, terlama, meningit kasalliklarinng tarqalishi ko'payganligi aniqlangan. Chunki sayyoramizda mavjud mikroorganizmlarning hayoti Quyoshdan keladigan va Yerimiz atrofidagi har xil fizikaviy va kimyoviy omillarning ta'siriga bog'liq, ya'ni bu hodisalar biosferadagi o'zgarishlar bilan Quyoshdagi aktivlik o'rtasida bog'liqlik mavjud ekanligini ko'rsatadi. Quyosh aktivligi kuchayganda Yer sharida quyidagi fizikaviy hodisalar kuchayadi: magnit bo'ronlari, ultrabinafsha radiasiyasining ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:37 ]
Arxiv ichida: doc