Iqlimiy omillar ta'siri

Iqlimiy omillar ta'siri

O'quvchilarga / Ekologiya
Iqlimiy omillar ta'siri - rasmi

Material tavsifi

Iqlimiy omillar ta'siri Ma'lumki, iqlimiy omillar deganda atmosfera yog'inlari, bug'lanish, havo harorati, havo namligi, shamol kabilar tushuniladi. Shu omillardan qaysi birining oqimga hal etuvchi va bevosita ta'sir etishini bilish uchun daryo havzasining suv muvozanati tenglamasiga murojaat etaylik. Ma'lumki, u quyidagi ko'rinishda ifodalanadi: Х0 q U0 Q Z0 yoki U0 q Х0­Z0 , bu yerda: Х0 ­havzaga yog'adigan o'rtacha ko'p yillik yog'in miqdori; Z0­havzadan bo'ladigan o'rtacha ko'p yillik bug'lanish miqdori; U0 ­ daryo oqimining o'rtacha ko'p yillik miqdori. Shu tenglamalardan ko'rinib turibdiki, iqlimning daryo oqimiga ta'sir etuvchi asosiy elementlari atmosfera yog'inlari va bug'lanishdir. Boshqacha qilib aytganda, atmosfera yog'inlari va bug'lanish daryo havzasida yig'iladigan suvning oz yoki ko'p bo'lishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bir xil tabiiy sharoitda daryo havzasiga qancha ko'p yog'in yog'sa, oqim shuncha ko'p miqdorda hosil bo'ladi. Ular orasidagi bog'liqlikni analitik ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: U0 q (Х0) . Biroq, bu bog'liqlik hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Chunki, oqim miqdoriga faqat yog'inning oz va ko'p bo'lishi ta'sir ko'rsatibgina qolmasdan, balki uning yil davomida taqsimlanish xarakteri ham muhim o'rin tutadi. Masalan, yog'inning ko'p qismi yilning sovuq davrlarida yog'sa, u vaqtda uning ancha qismi oqim sifatida daryoga kelib qo'shiladi, ya'ni daryo oqimi bilan yog'in o'rtasida yetarli darajada bog'liqlik bo'ladi. Agar yog'inning asosiy qismi yilning issiq fasllarida yog'sa, u vaqtda yog'inning katta qismi bug'lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo'ladi. Yog'inning qolgan qismigina oqim hosil bo'lishida qatnashadi. Hatto ayrim hududlarda (O'rta Osiyo, Qozog'iston, Volga orti) yilning issiq vaqtida yoqqan yog'inlar ba'zan hech qanday oqim hosil qilmaydi, chunki ular to'la bug'lanishga va yer ostiga shimilishga sarf bo'ladi. Mana shunga o'xshash sharoitlarda daryo oqimi bilan yog'in o'rtasida bog'liqlik bo'lmaydi. Shimoliy rayonlarda, jumladan, Rossiyaning shimoliy qismida ham bug'lanish miqdori kichik, biroq bu yog'in miqdorining kamligidan emas, aksincha havo haroratining pastligidandir. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqadiki, daryo oqimining asosiy iqlimiy omillari bo'lgan yog'in va bug'lanishni alohida, bir­biridan ajralgan holda tekshirib bo'lmas ekan. Хuddi shu kabi oqim hosil bo'lishida qolgan iqlimiy omillar (havo namligi, shamol va boshqalar) ham bir­biriga bog'liq holda doimiy ta'sir etib turadi. Daryo havzasi geologik tuzilishining ta'siri Daryolar to'yinishida ishtirok etadigan yer osti suvlarining to'planish va sarflanish sharoiti havzaning geologik tuzilishiga bog'liqdir. Shu bilan bir qatorda tog' jinslarining litologik tarkibi, suv o'tkazmas qatlamlarning joylashish chuqurligi oqim hosil bo'lishiga, uning miqdoriga hamda yil ichida taqsimlanishiga ta'sir etadigan jiddiy omillardan hisoblanadi. Ma'lumki, suvni yaxshi o'tkazadigan tog' jinslaridan iborat qatlamlar ko'p miqdordagi suvni o'ziga shimib oladi. Bunday sharoitda ular nam to'plagichlar vazifasini o'tab, yil davomida daryolarning yer osti suvlari bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.56 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.56 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga