Landshaftlar, qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarning ahamiyati. Yerning geografik qobig'idagi tabiiy komponentlarning o'zaro ichki aloqalari, birligiga ko'ra, boshqa joylardagi bioekologik birliklardan farq qiluvchi va tabiiy chegaralarga ega bo'lgan hududiy majmualar landshaftlar deyiladi. Landshaftlarning barcha tabiiy komponentlari (geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuprog'i, o'simliklari va hayvonot dunyosi) muayyan muvozanatdagi bir butunlikni hosil qiladi. Inson o'z faoliyati natijasida landshaftlarning bir yoki bir necha komponentiga ta'sir etadi va bu ta'sir landshaftning muvozanati, dinamik strukturasi, funksiyasini o'zgartiradi hamda butun landshaftning o'zgarishiga olib keladi. Landshaftlarning asosiy belgilari: 1) Landshaftlar-bir-biri bilan bog'langan va bir-birini to'ldiruvchi tabiiy elementlar va voqeliklar yig'indisidan iborat bo'lib, ular tarixiy rivojlanish jarayonini davom ettiruvchi fizik-geografik va ekologo-biologik tabiiy birikmalardan iboratdir; 2) Landshaftlar tabiiy birikmalar bo'lib, ularda hamma komponentlar (relyef, iqlim, suv, tuproq, havo, o'simlik va . hayvonlar) bir-biri bilan bog'langan va bir-birlariga bevosita yoki bilvosita ta'sir qilib, umumiy rivojlanish qatori va sistemasini hosil qiladi; 3) Landshaftlar o'zlarining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishlari bo'yicha, aniq va bir xil tuzilishga ega bo'lgan katta- kichik hudud bo'lib, bir xil yer tuzilishi, umumiy iqlim, gidrotermik sharoit, tuproq, biogeotsenozlarga ega. Landshaftlar mintaqal va amintaqal belgilarga bo'linmaydi, ular oddiy geomajmualardan tashkil topgan tabiiy territorial majmualardan iboratdir. Landshaftlar o'zlarining kelib chiqishlari bo'yicha quyidagicha farqlanadi: a) Agrokultura-qishloq xo'jalik landshaftlari. Bunday landshaftlarda tabiiy o'simliklar qoplami madaniy ekinlar, bog'zorlar bilan almashtirilgan bo'ladi; b) Antropogen landshaftlar, bular insonning xo'jalik faoliyati natijasida o'zgargan va tabiiy komponentlari qisman o'zgargan, yer yuzidagi ko'pchilik tabiiy birikmalar bo'lib, quruqlikning 46% ini ishg'ol qiladi. Antropogen xildagi landshaftlar madaniy va inson faoliyati ta'sirida buzilgan madaniy hamda o'zining tabiiy funksiyasini bajarish qobiliyatini yo'qotgan degrodatsiyaga uchragan landshaftlarga bo'linadi. Ular o'z-o'zini tiklash qobiliyatiga egadir; d) Geoximik landshaftlar-bu kimyoviy elementlari va birikmalarining tarkibi, miqdori bir xil bo'lgan yer yuzasidan tashkil topgan bo'lib, ayrim elementlarning intensiv to'planishi yoki landshaftlardan yuvilib ketishi, shu tabiiy biogeo-tsenozlardagi suv havzalarida elementlarning migratsiyasi yaxshi kuzatiladi. Jumladan, tundra hududida temir va vodorod ioni, dashtda kalsiy, cho'l landshaftlarida xlor va oltingugurt elementlarining migratsiyasi kuzatiladi; e) Muhofaza qilinadigan landshaftlarda xo'jalik faoliyati to'la yoki qisman to'xtatilgan; f) Tabiiy landshaftlar-bu tabiiy omillar ta'sirida hosil bo'ladigan va inson faoliyati ta'siridan mutloq saqlangan landshaftlardir; g) Elementar landshaftlar~br xil elementlardan va jinslardan tashkil topgan relyefda joylashgan, bir xil xarakterga ega bo'lgan tuproq va o'simliklar assotsiatsiyalari hosil qiluvchi landshaftlardir. Bu landshaftlarning uch xil turi bor, ya'ni elyuvial, superakval va subakval. Elyuvial landshaftlar relyefning baland joylarini egallagan bo'lib, u joydan kimyoviy elementlar yuvilib ketadi. Superakval landshaftlar pastki joylarda yuzaga keladi, kimyoviy elementlar to'planadi. Shu ikki turdagi landshaftlar oralig'ini subakval turi egallagan bo'lib, ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25 KB
Ko'rishlar soni
121 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: docx