Litosferani muhofaza qilish Rеjа: 1. Litоsfеrаni muхоfаzа qilish. 2. O'rmon rеsurslаrini kаmаyib bоrish sаbаblаri. 3. Yerni sаqlаshgа qаrаtilgаn chоrа-tаdbirlаr. 4. Hаyvоnоt оlаmini muhоfаzа qilish. Litosfera - bu yerni ustki qatlami bo'lib, uning qalinligi 30-40 km ga teng. Litosfera o'z ichiga yer resurslarini, o'simliklarini, o'rmоnlаrni, hayvonot olamini, yer osti boyliklarini oladi. Litosferani muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish - bu ishlab chiqаrish jаrаyonlarining samaradorligini oshirish hamda insonning tabiiy yashash sharoitlarini, planetani genetik fondini saqlab qolishning asosiy omillaridan biridir. Litosferaning ustki qavati tuprоqdan tashkil topgan bo'lib, tuproq insonlarning hayotini ta'minlashda muxim rol uynaydi, chunki oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqаrishni asosiy xajmi sifatiga bog'liqdpr. Tuproq uzoq yillar davomida atmosfera, gidrosfera, o'simlik va xayvonot olamining o'zaro bir-biriga uzviy bog'liq bo'lgаn holda litosferaning ustki qavatlarining uzgarishi natijasida shakllanib kelgan. Tuproqning holatiga omillar bilan birgalikda, inson faoliyati ham ta'sir ko'rsatadi. Tabiatda doimo tuprоq qavatining suv, shamol, sel okimlari va x.k. ta'siri natijasida buzib yuborilishi jarayonlari amalga oshib kelgan. Ammo lekin, tuprоq holatining global buzilishi paydo bulishi, asosan insonlarning turli xil xarakatlariga bog'liqdir. Insonning xohishiga ko'ra tuprоqning xarakteri o'zgartiriladi, tuprоqni hosil qiluvchi faktorlar - relef, mikroiqlim uzgaradi, dengizlar, suv omborlari, kanallar barpo еtiladi, millionlab tonna grunt joydan joyga ko'chiriladi va x.k. Tuproqni muhofaza qilishning asosiy vazifasi - bu tuprоq qatlamining yaxlitligini saqlab qolish, uning maxsuldorligini saqlashdir. Buzib yuborilgan tuprоq juda sekin tiklanadi. Tuproqning 1 sm qavatini tiklash uchun yuz yillar kerak. Oxirgi yillarda butun dunyo mikyosida er resurslarini kamayib borishi kuzatilmoqda. Buning asosan ikkita sababi bor: 1. Birinchisi - tuprоqning tabiiy jarayonlar (masalan, cho'llarni ortib borishi) ta'sirida hamda xo'jalikni bilimsiz olib borish natijasida (yemirilish, tuzlanish) degradatsiya va quvvatsizlanishidir. Tabiiy jarayonlar ta'sirida denudatsiya jarayoni - ya'ni tog' landshaftlarini buzilishi, quruqliklarni tarqalishi, tuprоq qatlamini suv va shamol bilan surilib ketishi - amalga oshiriladi. Tabiiy jаrаyonlar ta'sirida denudatsiya jаrаyoni - ya'ni tog landshaftlarini buzilishi, quruqliklarni tarqalishi, tuprоq qatlamini suv va shamol bilan surilib ketishi - amalga oshiriladi. Tuproqlardan notugri foydalanish, ularning еroziyasiga, ya'ni tuprоq qavatini buzilishiga olib keladi. Еroziyaning quyidаgi turlari mavjuddir: shamol, suv, irrigatsion, texnik еroziyasi. Tuproq bilan o'simliklar orasidagi muvozanat buzilib ketsa, еroziya tezlashadi va chullarini tarqalishiga olib keladi . 2. Ikkinchisi - texnik progress, industrializatsiya urbanizatsiya ta'sirida er resurslarini kamayib ketishi. Hozirgi vaqtda shaharlarni, sanoat markazlarini qurishga, tog'-kon ishlarini olib borishga еgallanayotgan yer maydonlari doimo kengayib kelmoqda. Bugungi kunda shaharlar, qishloq xo'jalik inshootlari, komunikasiyalar, suv omborlari va boshqa inshootlar quruqlikning 4 % ni еgallaydi. Yer sayyoramizda еsa quruqlikni atigi 11 % ni qishloq mahsulotlarini ishlab chiqаrishga yaraydigan erlardir. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
20.01 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:38 ]
Arxiv ichida: ppt