Muhit va organizmlarning yashash sharoiti

Muhit va organizmlarning yashash sharoiti

O'quvchilarga / Ekologiya
Muhit va organizmlarning yashash sharoiti - rasmi

Material tavsifi

muhit va organizmlarning yashash sharoiti Reja: muhit va organizmlarning yashash sharoiti to'g'risida tushuncha Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi Ekologik omillarning organizmlarga ta'sir ko'rsatish qonuniyatlari Darsning maqsadi: Organizmni urab olgan tashqi muhit omillari va bu omillarning organizmga kursatadigan ta'siri qonuniyatlarini o'rganish muhit va organizmlarning yashash sharoiti Bu mavzuni tushunib etish uchun dastavval organizmlar yashaydigan muhit va undagi yashash sharoiti tushunchalarini farqlash zarur. muhit - bu organizmni urab olgan, uning o'sishi, rivojlanishi va kupayishiga ta'sir etadigan ekologik omillar majmuidir. Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar bir-biriga uxshamaydigan turt xil yashash muhitini ishgol kilganlar. Bular - suv muhiti, yer usti havo muhiti, tuproq muhiti va tirik organizmlardir. Yerda hayotning paydo bo'lishi dastlab suv muhitida boshlangan. Keyinchalik organizmlar yer usti havo muhitini egallaganlar, bazi organizmlar tuproqda va boshqalari biror bir organizmda yashab kolganlar. Organizmlar kaerda yashashidan katiy nazar, usha joyning muhitiga moslashib olganlar. Bunday moslanishlar adaptatsiya deyiladi. Adaptatsiyaning kelib chiqishi turning evolyutsiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bunda organizmlar hujayralarining biokimyoviy tarkibidan tortib, to ularning xulk atvorigacha usha sharoitga moslashib oladi. muhit organizmga ta'sir etadigan kupgina organik va noorganik tarkibiy kismlardan tashkil topadi. Bu tarkibiy kismlarning bazilari organizm uchun zarur, boshqalari zarur bulmasligi yoki organizm uchun xatto zararli bo'lishi xam mumkin. Masalan, daraxtda uya kuyadigan kushning kupayishi uchun daraxt va uning yaqin atrofida ozukaning etarli bo'lishi zarur. Ammo bu joyda ko'rib, yikilib yotgan daraxtlarning bo'lishi kush uchun ahamiyatsiz bo'lib, ular kushning hayotiga ta'sir ko'rsatmaydilar. Daraxt tagiga odamlar kelib biror ish boshlashlari esa kushni bezovta qilishi bilan uning kupayishiga zararli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yashash sharoiti - muhitning organizmlar hayoti uchun zarur bo'lgan va unga bevosita ta'sir etadigan tarkibiy qismlari bo'lib, organizm ularsiz yashay olmaydi. muhitning bunday tarkibiy qismlariga ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar va ularning klassifikatsiyasi Ekologik omillar tabiatda bir-biridan ajralgan holda emas, balkim yaxlit holda birgalikda ta'sir kursatadi va organizmlarning yashash sharoitini belgilaydi. Turli organizmlar bu omillarni turlicha kabul qiladi.malum bir omilni har xil kabul qilishi mumkin. Masalan, issiksevar o'simliklar sovuk iqlimda usib rivojlana olmaydi va aksincha. Shur suvda yashashga moslashgan dengiz va okean baliklari daryodagi chuchuk suvda yashay olmaydi va xoka'zolar: Ekologik omillar o'z xususiyatiga ko'ra 3 guruhga bulinadi: 1.Abiotik omillar - bu ulik tabiatga tegishli omillardir. Bular o'z navbatida 3 guruhga bulinadi: kimyoviy omillar (suvning, havoning va tuproqning kimyoviy tarkibi) fizikaviy omillar (harorat, yorug'lik, bosim, namlik, shamol, suvning oqimi, radiatsion rejim va boshqalar) geologik omillar (joyning relefi) yuqorida keltirilgan abiotik omillar organizmlarga o'z ta'sirini o'tkazib, ularni evolyutsion taraqqiyot davomida uziga moslashtirib olgan. Bular orasida organizmlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.16 KB
Ko'rishlar soni 143 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga