Muhit, muvozanat va ekologik omillar. Muhit tushunchasi turli ma'nolar (fizik muhit, geografik muhit, falsafiy muhit, ijtimoiy muhit va boshqalar)ni anglatadi. Ammo ekologiyada muhit deb. tirik organizmni o'rab turgan fizik qurshovga ataladi. Muhit tevarak-atrofdagi o'zaro bog'lanishlar, shart-sharoitlar va ta'sirlar majmuidir. Muhit 2 xil bo'ladi. 1. Tabiiy muhit. Uni suv, quyosh, shamol, havo, yer, o'simliklar va hayvonot dunyosi birgalikda tabiiy holda vujudga keltiradi. 2. Sun'iy muhit. U inson tomonidan yaratiladi, ya'ni bunda insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun'iy muhitlar o'zaro chambarchas bog'liq. Mana shu bog'liqlikni ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit tabiiy va sun'iy atrof-muhit bo'lib, tirik organizmlar obyekt va subyekt ta'sirlar sifatida qatnashib, ta'sirlar turi esa tevarak-atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit, o'z navbatida, muayyan ekologik tizim hisoblanadi. Uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga bo'lish mumkin. Tabiiy ekotizim (yoki ekosfera) hayotni rivojlanishiga imkon beradigan Yerning tavsifi va jonsiz (anorganik) jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy ekotizim esa insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Ekologik muhit muvozanatda bo'lishi mumkin, lekin ko'pincha ushbu muvozavat buzilishi ham mumkin. Agar tirik organizmlarning hayoti o'zgarmasa yoki ularga ta'sir eruvchi omillar barqaror holatda bo'lsa, ekologik muhit ham muvozanatda bo'ladi. Agar yer usti va yer osti suvlari haddan tashqari ifloslanib qolsa, chiqindilar to'planib qolib, atmosfera havosi ifloslansa, oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanib qolsa, shovqinlar ko'payib qolsa va xususan, radioaktiv moddalar ta'siri ortib borsa, ekologik muvozanat ham buziladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har qanday muhit turli omillar (fizik, kimyoviy, biologik va boshqa omillar)ning majmui bilan namoyon bo'ladi. Ekologik omil tirik organizmlarga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etuvchi muhitning ayrim bir tarkibiy qismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta'sir etishi mumkin. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazo omillar tarzida ta'sir yetadi. Umuman olganda omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta'sir ko'rsa tishi emas, balki ularni kelib chiqish manbaiga qarab ajratiladi. Chunki shunday omillar ham mavjudki (masalan, tarixiy omillar), tirik organizmlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etmaydi. Masalan, ma'lum joyning dengiz sathidan absolyut balandligi, tog'liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv havzasining chuqurligi tirik organizmlarga to'g'ridan-tug'ri ta'sir etmay, boshqa omillar (harorat, bosim, namlik)ning ta'sir etish xususiyatlarini o'zgartirib yuborishi mumkin. Muhit tarkibida faollik ko'rsatuvchi omillar ham bo'ladi. Ta'sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta'sir etib, ularning hatto irsiy xususiyatlarini o'zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, nurlanish ta'sirida (mutagen omil) tirik organizmlar boshqa bir holatga o'tib ketishi mumkin. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tirik organizmlarga ta'sir etuvchi muhit unsurlari, ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar, o'z navbatida, 3 guruhga bo'linadi Abiotik omillar Biotik omillar Antronogen ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.61 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.61 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: docx