Muhit. Ekologik omillar va ularning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari. REJA: 1.Muhit. 2.Moslanish. 3.Ekologik omillar. 4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari. 5.Organizmlarni ekologik klassifikastiya qilish prinsiplari. 1.Muhit. Ekologiyada muhit deb tirik organizmlarni o'rab turgan, uning holatiga, rivojlanishiga yashab qolishigava ko'payishiga bevosita ta'sir etadigan jamiki o'lik va tirik tabiat sharoitiga aytiladi. Muhit tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Asosan muhit ikki tipga ajratiladi. 1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo. 2.Sun'iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo'lib, insonning mehnat mahsulidir. Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud: 1.Suv muhiti 2.Havo muhiti 3.Tuproq 4.Tirik organizmlar Muhit - hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir. 2.Moslanish. Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o'ziga xos to'rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan. Organizmlarni ma'lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi. Moslanish asosan uch xil ko'rinishda bo'ladi. 1.Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi shakli moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo. 2.Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho'lda yashovchi hayvonlarda suvga bo'lgan tanqislikni qondirish uchun yog'larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish. 3.Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o'rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hoka'zolarning mavsumiy ko'chishi. 3.Ekologik omillar. Muhitning organizmlar bilan o'zaro ta'sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta'sir qiladi. Ekologik omillarni ta'riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov 1933, V.V.Alyoxin 1950 xizmatlari katta. Ekologik omillar o'z tabiatiga ko'ra qo'yidagi guruhlarga bo'linadi. I.Abiotik omillar olik: ularga quruqlik biostenozlarida qo'yidagilar kiradi: 1) iqlim omillari - yorug'lik, namlik,harorat, havo va hokazo. 2) Edafik yoki tuproq grunt tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari. 3) Topografik relef sharoiti. II.Biotik omillar tirikikki guruhga. 1.Fitogen - birgalikda yashayotgan o'simliklarning bir-biriga ta'siri. 2.Zoogen-hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish va hokazo. 3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug''larning ta'siri. II.Antropogen omil: Insoning xo'jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo. 4.Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari. Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta'sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar dafniya, stiklonlar uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so'zib yuraveradi. Har qaysi faktorning organizmga ta'sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.34 KB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: docx