Okeanlarning ekologik zonalari. Suv muhitida gorizontal. ayniqsa vertikal holdagi zonallik xarakterli hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgani kabi suv qatlami - pelagial zona. okean tubi - bental zona deb ataladi. Bental zona o'z navbatida supralitoral, litoral. sublitoral, batial, abissal zonalarga bo'linadi. Supralitoral - okeanlaraing qirg'og'i hisoblanadi. Litoral zonaning yuqori qismi, ya'ni suv to'lqini eng yuqori ko'tarilib boradigan joylardan iborat bo'lib, bu yerlarda quruqlikda va okeanda yashaydigan oraanizmlar tarqalaan. Litoral - dengizning qirg'oq tubi hisoblanadi va suv qaytgan vaqtda qurib qoladi. Bu zonaga suvning pasayishi chegarasi bilan eng yuqori ko'tarilishi oralig'i deb qarash mumkin. Bu zonada yashovchi organizmlar sutka davomida 2 marta suv bila ta'minlanib, 2 marta undan holi bo'ladi. Chegarasi 40- chuqurlikgacha boradi. Harorat va suvning sho'rlanishi keskin o'zgarib turadi, suv pasayganda quyosh nurlari bu zonaga tik tushadi. Sublitoral- okeanning qirg'oq bo'yi hisoblanadi. U litoral zona bilan qo'shilgan holda 40-. dan . gacha va undan chuqurroq joylarni egallaydi. Bu yerlar bentos suv o'tlari va sanoat uchun ahamiyatli umurtqasiz hayvonlarga boy hisoblanadi. Batial -200-.gacha qiyalikdagi chuqurliklarni egallab olgan, ya'ni nerit va abissal zonalar oralig'ini tashkil etadi. Bu zonaning yuqori qismiga kuchsiz yorug'lik tushishi; quyi qismiga esa mutlaqo ko'zga ko'rinadigan nurlarning yetib bonnasligi bilan xarakterlanadi. Harorat va suvning sho'rlanishi ham o'zgarib turadi. Nerit zonaga nisbatan shag'al, chig'anoqlaran iborat hamda loy qatlami bilan ajralib turadi. Abissal - dunyo okeanining tubiga to'g'ri keluvchi dengizning . dan ortiq chuqurliklarini egallaydi. Bu zonada suvning harakati judayam sekin, harorat 0°S atrofida, mutlaqo yorug'lik tushmaydi. Shuning uchun yashil o'simliklar bo'lmaydi. Suv havzalari ham ikkita katta guruhga bo'linadi: 1 .Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit. Biinga ko'Har, havzalar va botqoqlar kiradi. 2.0qar suvlar - lotik muhit deb ataladi. Bunga daryolar va soylar kiradi. Tinch yoki lentik suv havzasida uchta zonani ajratish mumkin: LLitoral zona-suvning chuqur bo'lmagan qismi. Yorug'lik bu yerga suv tubigacha yetib boradi. Yuksak o'simliklar va ba'zi bir suv o'tlari uchraydi. 2.Limnik zona - Suvning undan pastroq qismi bo'lib, bunga yorug'lik kam holda tushib turadi. Bu zonadan keyin esa yorug'lik tushmaydi. Natijada biomassa to'planmaydi. Limnik zonaning pastki chegarasi kompensatsiya gorizonti deyiladi. 3.ProfundaI zona - Bu joyga yorug'lik tushmaydi. Mutaqil ish topshiriqlari 1 .Quruqlik va suv muhitidagi vertikal zonallikni bir - biriga taqqoslagan holda referat taorlang. yer -havo muhiti haqidagi maTumotlarni o'qib, o'zlashtirib oling. yer - havo muhiti - yashash muhiti ekanligi haqida xulosa chiqaring. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
154 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: docx