O'zbekiston Respublikasi mineral xom-ashyo resurslari. Oxirgi yillarda chop etilgan ma'lumotlarga qaraganda, hozirga paytda dunyodaga neft zahiralari 100 mln tonna deb baholanmoqda. SHundan Saudiya Arabistoni 25,3%, Iroq 9,9%, Birlashgan Arab Amirligi 9,6%, Quvayt 9,4%, Venesuela 5,8%, MDH 5,8% va Meksika 5,6% neft zahiralariga ega. Olimlarimizning fikricha, Respublikamizning 60% hududi neft va gaz qazib olish uchun istiqbolli hisoblanadi va xom ashyo zahiralarining qiymati 1 trillion amerika dollari deb baholanmoqda. Oxirgi yillarda Respublikamizda neft va gaz qazib chiqarish, avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg'ilari, mazut va neft moylari ishlab chiqarish hajmlari o'sdi. Masalan, 1998 yilda 8,1 mln tonna neft va kondensat, 54,8 mlrd m3 tabiy gaz qazib olindi, 7,1 mln tonna neft va kondensat, 37,4 mlrd m3 gaz qayta ishlanib 270 ming tonna oltingugurt ishlab chiqildi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning umumiy bahosi 137,5 mlrd so'mni tashkil yetadi. Ammo Respublikada yaratilgan yoqilg'i-energetika va mineral xom ashyo resurslaridan imkoniyat va zaruriyat darajasida foydalanilsada, bu jabhada o'z yechimini kutayotgan muammolar ham yo'q emas. Vujudga kelgan iqtisodiy, ekologik va texnologix muammolarga batafsilroq to'xtalib o'tamiz. 1. Respublikamizda mavjud 65 ta neft va gaz konlaridan 35 tasi ishlatilayapti. Neft va gaz konlaridan chiqindn suvlarning tarkibidan yod, brom, seziy, rubadiy, stronsiy, bor kabi yo'lakay nodir elementlar ajratib olinmayapti. 2. Polimetallar, stronsiy, plavik shpat, tabiiy tuzlar, fosforit konlari o'zlashtirmay qolyapti. Kumush konlaridan birontasi ishga tushirilmagan. Z. Foydali qazilmalarni qazib olishda yuz beradigan isrofgarchiliklar qo'llaniladigan texnologiyalar sistemasining unumdorligiga bog'liqdir. Foydali qazilmalardan to'laroq foydalanish ochiq qazib olish yo'li bilan amalga oshishi mumkin. Ammo Angren toshko'mir konidan yuqori kulli va kam quvvatli ko'mirlarni to'liq qazib olish ta'minlanmay kelinyapti. Masalan, kam quvvatli ko'mir va yuqori kulli ko'mirlarning umumiy isrofi mos ravishda 20,5-23,8% va 12,5-13,1% ni tanshil etmoqda. Qattiq yoqilg'ilarni gazlashtirish - ularni chuqur texnologik qayta ishlab ulardan sun'iy gazsimon yoqilg'i va kimyo sanoati uchun xom ashyo, metallurgiya sanoati uchun qaytaruvchi gazlar olishdan iborat. Gazlashtirish jarayonini gaz generatorlarda 100-1300 S da havo, kislorod, suv bug'lari yoki ularning aralashmalari yordamida amalga oshiriladi va natajada vodorod va uglerod oksidlari, metan va azot olinadi. 4. Qattiq yoqilg'ilarni bevosita yer ostida (qazib olmasdan) yoqib gazlashtirish katta istiqbolli texnologiyalardan hisoblanadi. Iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan olib qaraganda, bunda ishchi kuchi tejaladi va yer usti chiqindilar bilan iflos bo'lmaydi, yer ostiga oralig'i 15-20 m ga teng bo'lgan ikkita quduq (skvajina) qazilib, biridan havo, kislorod yoki suv bug'lari berilib, ikkinchi quduqdan gaz olinadi. Bu usulning kamchiligi - asosiy olinadigan gaz komponentlarining kam chiqishidan: 12-16% N2 va 6-10% SO. Respublikamizdagi Podzemgaz stansiyasida yer osti ko'mirning gazlashtirish samaradorligi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.49 KB
Ko'rishlar soni
172 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: docx