O'zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati

O'zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasining yerlari va ularning ekologik holati O'zbekiston Respublikasining hududi 447,4 ming km2, o'rmonlar 54,4 ming km2, qishloq xo'jalik maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlar 289,2 ming km2, sug'oriladigan yerlar 43 ming km2, tabiiy yaylovlar 22,9 ming km2 ni tashkil yetadi. Respublikamizdagi kam hosilli sug'oriladigan ekin maydonlari (ming gektar hisobiga) quyidaga jadvalga keltirilgan. 4 - jadval. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, yaylovlarni tez sur'atlar bilan o'zgartirish natijasida Orol dengiziga kelib tushadigan suv miqdori keskin kamayib borishini inobatga olib, 1991 yildan boshlab reepublika miqiyosida yangi erlarni ochish taqiqlab qo'yildi. Sug'oriladigan erlarni kamaytirish faqat suvning foydalanish koeffisientini oshirish yo'li bilan yoki Orol dengiziga boshqa suv manbalaridan suv keltirish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish katta energiya va mablag'larni talab qiladi. Respublikamizdagi sug'oriladigan yerlarning 15% tayyorlanadigan qishloq xo'jalik mahsulotlarini 98% ni beradi. Oxirgi 20-25 yil davomida sug'oriladigan erlarning sho'rlanishi 0,8 mln gektarga ortib, hozirgi paytda 2 mln gektar tashkil yetadi. Shundan 0,85 mln gektar yerlar o'ta sho'rlangan yerlar hisoblanadi. Qoraqalpog'istonda 90-95% yerlar, Qashqadaryo va Xorazmda 60-70% yerlar sho'rlangandir, Respublikada 1748 ming gektar sho'rlangan yerlar bo'lib, ulardan 241 ming gektari kuchli sho'rlangan erlardir. SHo'rlanish jarayonlari ayniqsa Qorakalpog'istonda, Buxoro va Sirdaryo viloyatida kuchaymoqda. Oxirgi 20-30 yil davomida tuproq tarkibida chirindi (gumus) miqdori (hosildorlikning asosiy ko'rsatkichi) 30-50% ga kamaydi. Bu esa, umumiy maydonning 40% ni tashkil yetadi. Barcha sug'oriladigan erlarning 40% ga yaqinini chirindi miqdori nihoyatda kam (1% gacha) bo'lgan tupoqlar egallaydi. Respublika erlarining bonitet balli 60 ga tengdir. Bonitet balli Qoraqalpog'iston, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 18,7 ballni, Surxondaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida 70-76 ballni tashkil yetadi. Paxta ekiladitan erlarning eng sifatli 81-100 ballarga teng maydoni 0,7 mln gektar bo'lib, o'rtacha 11-60 ballarga teng 0,9 mln gektar, o'rtachadan past 21-50 ballarga teng maydoni 0,6 mln gektar yerni tashkil yetadi. yer unumdordigini pasayishiga tuproqning shamol va suv ta'sirida eroziyaga uchrashishi ham katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. SHamol va suv ta'sirida tuproqning eroziyaga uchrashishi natijasida yer unumdorliga yildan-yilga pasayib bormoqda. Respublikamizda 21 mln gektar sug'oriladigan erlardan 0,7 mln gektar yerlar o'ta va o'rtacha darajada deflyasiya (eroziya)ga uchragan. O'ta va o'rtacha darajada deflyasiyaga uchragan yerlar Farg'ona vodiysida 165 ming gektar, Surxondaryoda 106 ming gektar, Qashqadaryoda 80 ming gektar va Buxoro viloyatida 52 ming gektarni tashkil yetadi. CHorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish va yaylovlarni o'z vaqtida almashlab turilmasligi sababli 22 mln gektar yaylov erlaridan b mln gektar yerlar deflyasiyaga uchragan, 13 mln gektar yerlar esa, suv ta'sirida eroziyaga uchragan. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, insonning biosferaga ko'rsatayotgan kuchli ta'siridan biri ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.62 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.62 KB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga