Sayyoramizda sodir bo'ladigan global ekologik muammolar. Reja 1. Global ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari. a. Dunyo issiqxonasi. b. Ozon tuynuklari ning hosil bo'lishi. v. Cho'llashish va sho'rlanish jarayoni. g. Ichimlik suvi muammosi. d. O'rmonlar maydonining qisqarishi. e. Dunyo okeanining ifloslanishi. 2. Ekologik muammolarning salbiy oqibatlari. 3. Turli ekologik kasalliklarning kelib chiqishi. 4. Muammolarning yechimi va yo'llari. Tayanch tushunchalar: global muammolar, dunyo issiqxonasi, ozon tuynuklari, cho'llashish, sho'rlanish muammolari, ichimlik suvi muammosi, ekologik kasalliklar. Keyingi yillarda sayyoramizning ekologik holati qanday o'zgarishlarga uchramoqda? Bu masala nafaqat soha mutaxassislarini, balki har bir kishini qiziqtiradi, chunki har bir insonning hayoti tabiatdagi sodir bo'layotgan o'zgarishlarga juda bog'liqdir. Televizor ekranidan, radio, gazeta va jurnallar orqali deyarlik har kuni sayyoramizning u yoki bu burchagida sodir bo'layotgan ekologik faloqatlar haqida noxush xabarlar kelib turibdi: - Atmosfera havosi global darajada isimoqda, - Antarktidadagi muzliklar emirilib, erib ketmoqda, - Ba'zi mamlakatlarda suv toshqinlari sodir bo'lmoqda, - Okean suvlarini isishidan to'fonlar paydo bo'lmoqda, - Ozon tuynugi borgan sari kengaymoqda, - Ichimlik suvi kamayib bormoqda, - O'rmonlar maydoni qisqarib bormoqda Bunday ekologik o'zgarishlar inson hayotiga ham ta'sir ko'rsatmoqda, chunki inson va barcha tirik organizmlar ma'lum sharoitda yashashga moslashganlar. Shuningdek, har bir mamlakat o'zini sharoitiga ko'ra, ma'lum bir qishloq xo'jalik strukturasiga ega. Hozirgi davrda tabiatda sodir bo'layotgan ekologik katoklizmalar (faloqatli hodisalar) nafaqat tabiiy omillar asosan antropogen omillar ta'sirida sodir bo'layapti. Hozirgi davrda yashab turgan kishilar tabiatdagi global darajadagi ekologik o'zgarishlarni shohidi bo'lmoqdalar. Ularning bir qismi tabiiy omillar (Quyosh) ta'sirida sodir bo'layotgan bo'lsa, ikkinchi tomondan antropogen omillar ta'sirida ekologik faloqatlar sodir bo'layapti. Ma'lumki keyingi yillarda aholi sonini o'sishi, ularning iste'mol tovarlarga bo'lgan talabining ko'payishi fan va texnikaning taraqqiyoti tufayli tabiiy boyliklarning ko'p miqdorda olinishi sayyoramizda global darajadagi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Aholi soni inson paydo bo'lgandan 1830 yilgacha 1 mlrd.ga etgan bo'lsa, 1830 yildan 1930 yilga qadar 2 mlrd.ga, 1930 yildan 1960 yilga qadar 3 mlrd.ga, 1960 yildan 200 yilga qadar 6 mlrd.ga etdi. Shu darajada ko'payish davom etaversa, XXI asr o'rtalarida sayyoramizda aholi soni 12-14 mlrd.ga etishi mumkin. Odam sonining ko'payib borishi sayyoramizda yangi ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Atmosfera havosining YEr yuzasi sathidan 15- balandlik qismida mavjud bo'lgan ozon qatlami Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarni yutib, YErdagi tirik organizmlarning hayotini muhofaza qilib turibdi. XX asrning 70-80 yillarida sayyoramizning har xil mintaqalari ustida ozon tuynugi sodir bo'layotganligi haqida olimlar ma'lumot berishdi. Rossiyalik olimlar Antarktida ustida 25 mln. km2 kenglikda ozon qavatini siyraklashganligi haqida yaqinda (2004 yil) xabar qilishdi. Ozon qatlamini ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.63 KB
Ko'rishlar soni
151 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: docx