Sayyoramizdagi asosiy hayotiy muhitlar. Tabiatda moddalarning aylanma harakati

Sayyoramizdagi asosiy hayotiy muhitlar. Tabiatda moddalarning aylanma harakati

O'quvchilarga / Ekologiya
Sayyoramizdagi asosiy hayotiy muhitlar. Tabiatda moddalarning aylanma harakati - rasmi

Material tavsifi

Sayyoramizdagi asosiy hayotiy muhitlar. Tabiatda moddalarning aylanma harakati. Reja: 1.Yer sayyorasi va uning xususiyatlari. 2.Yerning litosfera (tosh) qobig'i. 3.Atmosfera (havo) qobig'i. 4.Gidrosfera (suv) qobig'i. 5.Biosfera (hayot) qobig'i. 6.Labosintez. Suv va moddalarning aylanma harakati. 7.Karbonning biosferadagi harakati. Yer sayyorasi - turfa olamdagi insonlar hayoti uchun birdan-bir makon hisoblanadi. Hayot mavjud bo'lgan o'zga fazoviy unsur, hozircha, aniqlanganicha yo'q. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, tirik organizmlar suv (gidrosfera), Yerning sirtqi qobig'i - tuprog'u-zamin (litosfera), havo (atmostera)da keng tarqalgan. Bularning bariga Quyosh quvvat berib turadi. Uni 5 asosiy hayotiy omil deyish mumkin. Kishilik jamiyatining iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa ko'rsatkichlari bevosita hayotiy muhitlar hamda ularda mujassamlangan tabiiy omillarning sifat va miqdor darajalariga bog'liq. Aynan shunday holatdan kelib chiqib. har birimizning muqaddas burchimiz - asosiy hayotiy muhit va tabiiy resurslar to'g'risida yetarli bilimga ega bo'lishimiz kerak. Ayniqsa, ularning shu kungi holatlari va mavjud ekologik muammolar xususida yetarli bilimga ega bo'lishimizni davr taqozo etmoqda. Inson zoti Yer yuzida paydo bo'libdiki, tabiatga ta'sir ko'rsata boshlagan. Xusu-san, fan-texnika rivoji bilan, xilma-xil mehiiat va umsh qurollari ishlab chiqilib, ulardan amalda keng foydalanib, atrof - muhitga ko'rsatiladigan ta'sir doirasi nihoyatda kuchayganligi ko'pchilikka ayon. Buni XX asrga kelib. turli-tuman yuz bergan umumbashariy, mintaqaviy va ko'plab hududiy ekologik muammolardan anglab olish mumkin. Eng achinarlisi, asosiy hayotiy omillaming sifat-miqdor ko'rsatkichlari pasayib borayotgani. Demak, tabiat va hayotiy omillar muhofazasini ta'minlash ishlarida faol qatnashish uchun mavjud hayotiy muhitlar haqida yetarlicha ma'lumotlarga ega bo'lish kerak. Quyida ana shu haqda gap boradi. Kurrai zaminimiz Quyosh atrofida ellips yo'nalishda («Orbita» deb yuritiladi) 30 kmsek tezlikda harakat qilib, 1 yil mobaynida Quyoshni to'la 1 marta aylanib chiqadi. 1 yilda Yer Quyoshga nisbatan 4 xil holat va oraliq masofada bo'lishi sababli, 4 xil fasl va ularga xos iqlim. ob-havo sharoit kuzatiladi. Har yili bu uzluksiz ravishda takrorlanib turaveradi. Sayyoramiz o'zining shimoliy va janubiy qutblari tomon, biroz siqilgan shar shaklida, radiusi 6,3 ming km, massasi 6211, o'rtacha zichligi 5.5 gsm3-:ga teng. Yerning tola sathi 510 mln km2 bo'lib, shundan 150 mln km:ga yaqini quruqlik, qolgan 360 mln km2 ni dengiz va okeanlar («Dunyo okeani») tashkil qiladi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, Yer sayyorasining «yoshi» 3.5-4 mlrd yilga teng. Albatta, bu o'ta qiziq, alohida bir mavzu. Biz faqat qisqacha quyidagilarni ta'kidlab o'tamiz. Olamdagi barcha samoviy unsurlar kabi Yer sayyorasi ham dastlab o'ta qizigan (cho'g' holda) chang-to'zon aralashmasidan iborat bo'lgan. Hozirgacha o'tgan uzoq geologik davrlar mobaynida, evolyutsion (tadrijiy) rivojlanish bilan amalga oshgan o'ta murakkab biogeokimyoviy, fizikaviy va boshqa har xil jarayonlar tufayli, kurrai zamin hozirgi ko'rinishga ega ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.11 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga