Shovqinning inson organizmiga ta'siri REJA: Shovqinni fizikaviy tarkibi. Hozirgi zamonda shovqinni kuchayish sabablari. Shovqinni kishi organizmiga ta'siri. Shovqinni oldini olish choralari. Shovqin fizik omillarga kirib, uning inson organizmiga salbiy ta'siri zaharli kimyoviy moddalardan kam emas. Rivoyatlarga qaraganda, qadimgi Xitoyda og'ir jinoyat sodir etgan kishilar Musiqa azobiga hukm qilingan. To'xtovsiz davom etuvchi musiqa ovozi qishiga og'ir qiynoq azobini berar ekan. Qadimgi shovqinning qishiga zararli ta'sirini bilib, undan kishilarni asrash choralarini ham ko'rganlar. Eramizdan oldingi 50-yillarda podshox yo'liy Sezar kechasi aholini tinch uxlasin deb, Rim ko'chalarida har qanday aravalarning yurishini taqiqlab qo'ygan. Angliya qirolichasi Yelizaveta I (1533-1603) odamlarning oromini buzmaslik maqsadida soat 22 dan sung, xatto yer-xotinlar janjalini qonunlar asosida taqiqlagan. O'sha paytlarda hozirgidek darajada shovqin manbalari deyarli bo'lmagan, xatto ba'zan bo'lib turadigan oilaviy janjallar atrofdagilarning va o'zlarining kayfiyatini buzmasin deb ularga qarshi qat'iy kurash olib borilgan. Ma'lumki, atmosferada har xil tovushlar mavjud: momaqaldiroq, transport vositalari (samolyot, avtomobil, poezd), har xil korxonalar dastgohlaridan radio, televideniye eshittirishlari, telefon qo'ng'iroqlari, odam va hayvonlarning ovozi, musiqa asboblaridan chiqqan tovushlar va hokazo. Bu xilma-xil tovushlarni kishilar doimo eshitib turadilar va ular bu tovushlardan ta'sirlanadilar. Albatta, hamma tovushlar ham kishiga zararli ta'sir etavermaydi. Qushlarning sayragandagi ovozi, suvning shildirashi, daraxt barglarining shitirlashi, yoqimli musiqa kishi charchog'ini yo'qotib, kayfiyatini yaxshilaydi. Ammo bizning kunglimizni xit qilib, asabga tegadigan tovushlar ham bor. Mamlakatimizdagi yirik shaharlar aholisining 60 foizdan ortig'i shovqinning yomon ta'siridan shikoyat qiladi. Shovqin kishilarga o'zining salbiy ta'siri jihatdan ifloslangan suv yoki havodan, selitra berib to'yintirilgan poliz yoki sabzovot mahsulotidan kam bo'lmagan tashqi muhit omiliga aylandi. Mashhur bakteriolog olim Robert Kox (1843-1910) Hozirgi kunda inson vabo va chuma (ulat) ga qarshi qanday kurashayotgan bo'lsa, kelgusida odamlar o'zini shovqindan asrash uchun unga qarshi shunday kurashadi, deb bashorat qilgan edi. Olimning sal kam 100 yil burun aytgan gaplari bugun keldi. Ya'ni kishilar shovqindan juda aziyat chekishayapti, ammo unga qarshi kurash olib borilmayapti, deb bo'lmaydi. Shaharlarimizdagi ko'p korxonalarda ish jarayonida shovqin yuqori bo'ladi. Masalan, Qarshi shayridagi tikuv fabrikasi, yog'ochni qayta ishlab, temir-beton zavodlari, ba'zi korxonalar tokarlik sexlarining dastgohlaridan chiqqan shovqindan usha joyda ishlovchi ishchilar aziyat chekishadi. Bunday korxonalarda ishlovchi kishilarning asab qo'zg'aluvchanligi oshib, kayfiyati yomonlashadi, ish unumdorligi pasayadi. Muntazam ravishda kishiga shovqin ta'sir etaversa, quloqlari bitadi, u yomon eshitadigan va xatto kar bo'lib qolishi mumkin. Shovqin quloq orqali bosh miya faoliyatiga ta'sir etadi. Qishining boshi og'riydi, ishtaxasi bug'uladi, kechasi yaxshi uxlay olmaydi. Shovqin ta'siri bosh miya orqali ichki organlar faoliyatiga ham o'tadi: qishining yuragi og'riydi, qon bosimi oshadi, modda almashinuvi kuchayadi, oshqozon-ichak kasalliklari ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.88 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.88 KB
Ko'rishlar soni
137 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: doc