Skrubberlar Ma'lumki, yoqilg'ilarni yoqish paytida tutunlar, bug'larni kondensasiyalashda esa, tumanlar hosil bo'ladi. Ularning tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o'lchami 0,3-5,0 mkm atrofida bo'lishi mumkin Bunday kichik zarrachalarni quruq holatda chang cho'ktirish kameralari va siklonlar yordamida ushlab qolish ancha qiyinchiliklarni tug'diradi. Agar changli havo tarkibidagi qattiq chang zarrachalarning o'lchami 5 mkm dan kichik bo'lsa, unda havoni ho'l usulda, ya'ni changli havoni yuvish yoki namlash usuli bilan tozalanadi. Buning uchun skrubberlardan (ko'pincha Venturi skrubberidan) foydalaniladi. Skrubber inglizcha so'z bo'lib, changli havo yoki gazlarni yuvish yoki namlash usuli bilan tozalaydigan qurilmadir. Skrubberlar ish uslubiga ko'ra siklonlarga o'xshaydi, ammo ularning siklonlardan farqi - ularda suv, ishqor, kislota tuz eritmalari bilan changli havo namlanadi va tarkibidagi chang ushlab qolinadi. Bu suyuqliklar skrubberning korroziya (yemirilish)ga uchratib, ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Changli havo oqimini yuvish yo'li bilan havoni changdan tozalash mumkin. Changli havo oqimi suyuqlik qatlami yoki uning tomchilari bilan kontaktda bo'ladi. Chang zarrachalari esa suyuqlikka yopishib olib, tozalash qurilmasida quyqumcho'kma hosil qiladi. Suyuqlikni sochib beradigan changli havoni yuvuvchi qurilmalar forsunkali skrubberlar deb ataladi. Ularning ichi bo'sh bo'lib, pastki qismidan changli havo va yuqori qismidan forsunkalar yordamida suv purkab beriladi (7-rasm). Suv yuqoridan pastga, changli havo esa unga qarama-qarshi harakat qiladi. 7-rasm. Forsunkali skrubber. Suyuqlikni purkab beruvchi qurilmalar (forsunkalar) 0,3-0,4 MPa bosim bilan ishlaydi. Agar changli havo oqimining tezligi 5 ms dan yuqori bo'lsa, forsunkalarning yuqori qismida tomchilarning tozalangan havo bilan birga skrubberdan chiqib ketmasligi uchun tomchi ushlagich moslama o'rnatiladi. Changli havo oqimini yuvish yo'li bilan nihoyatda kichik (0,1 mkm dan kichik) chang zarrachalarini ushlab qolish mumkin. Natijada havoni 99% gacha tozalash mumkin. Skrubberning balanligi uning diametriga nisbatan 2,5 marotabagacha katta bo'lishi mumkin. Har 1 m3 changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun 0,5 l dan 8 l gacha suv sarflanishi mumkin. Bir tonna suyuqlikni o'lchami 0,001 mm dan 3 mm gacha bo'lgan tomchilar shaklida purkab berish uchun 2-20 kVt elektr energiyasi sarf bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, changli havoni yuvuvchi qurilmalar yordamida nafaqat changlardan tozalash mumkin, balki bir vaqtning o'zida ulardan quyidagi vazifalarni bajarishda foydalanish mumkni: 1. Havo yoki gazlarni namlash orqali ularni sovutish 2. Chang zarrachalari bilan birga suv tomchilari va tumanlarni ushlab qolish. 3. Changli havo tarkibidaga chang zarrachalarni suyuqlikka shimdirish (absorbsiyalash). Ammo changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalar kamchiliklardan holi emas: 1. Changli havoni yuvuvchi qurilmalarida chang zarrachalari yopishib qoladi. 2. Changli havoni, ayiiqsa tajovuzkor (agressiv) gazlarni tozalash uchun, tozalash qurilmalarni korroziya (yemirilish)dan himoya qilish talab qilinadi. 3. Suyuqlik (odatda suv)ning changli havoni yuvishdagi ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.13 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
38.13 KB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: docx