Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash

Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash

O'quvchilarga / Ekologiya
Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash - rasmi

Material tavsifi

Suv havzalarini ifloslanishdan saqlash Reja: 1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati 2. Suv resurslari zaxirasi va ularning geografik joylashishi 3. Suvdan xalq xo'jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi 4. Suvning ifloslanishi va uni ifloslovchi manbalar 5. Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan suvlarni tozalash usullari 6. o'rta Osiyoda va O'zbekistonda suv resurslaridan foydalanish Darsning maqsadi: Tirik organizmlar uchun suvning tutadigan o'rni, suv resurslari va ulardan xalq xo'jaligida foydalanish, suvni ifloslovchi manbalar, suvdan oqilona foydalanish va okava suvlarni tozalash usullari to'g'risida tushuncha berish. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati Suv tabiatda keng tarkalgan bebaho boylik bo'lib, u tiriklikning asosidir. Binobarin, dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari sifatida suv muhitida paydo bo'lgan va evolyutsion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko'p hujayrali organizmlar kelib chikkan. Yer yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yasxayolmaydi, chunki undagi to'qimalarning asosiy kismini suv tashkil qiladi. Masalan, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan kishilarning organizmida gavda ogirligining 61% ni suv tashkil qiladi. Ayollarda, semiz kishilarda va keksalarda bu ko'rsatkich biroz pastrok bo'ladi. Odam tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to'qimalararo suyuqlikni, kolgan 7% esa kon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yula 10% ga kamayishi odamni ogir ahvolga solib kuyadi, uning 20-25% ga kamayishi esa kishini xalok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida kupdir. U, masalan, meduzada gavda ogirligining 99,7% ni tashkil qiladi. Mana shu ma'lumotlarning uzigina «suv - hayot manbaidir» degan iboraning kanchalik xakkoniyligini kursatib turibdi. Odam organizmi o'z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o'rtacha 2,5 l. suvni kabul qiladi va uni o'z to'qimalaridan o'tkazib, chikarib yuboradi. Jumladan 400 m litr suv nafas chiqarish jarayonida suv bugi holatida chikariladi. Organizmdagi kuprok suv (1,5 litrga yaqin) siydik va xojat bilan chikariladi, kolgani ter bezlari orqali chikariladi. Odam va hayvon organizmi bir kism suvni endogen yul bilan o'zi ishlab chikaradi. Masalan, organizmdagi 100g. yogning parchalanishida 107 ml, 100g. uglevod parchalanishda esa 55 ml suv ajraladi. Kurgokchilik sharoitiga moslashgan hayvonlarning suvsizlikka chidab yasxayolishi ana shu endogen suvlarning ajralishiga asoslangan. Shuning uchun xam saxrodagi hayvonlar - tuya, yumronkozik, kumsichkonlar uzoq muddat suv ichmasdan yasxayoladi, avstraliya sichkonlari esa umr buyi suv ichmasdan endogen suv hisobida yashaydi. Tirik organizmlarda kechadigan barcha hayotiy jarayonlar suvning ishtirokida suyuqlik muhitida kechadi. Chunonchi, kabul klingan ozuka mahsulotlari hamda kislorodning parchalanishi va ularning to'qimalarga yetkazib berilishi hamda to'qimalarda hosil bo'lgan chiqindilarning tashqi muhitga chikarib tashlanishi kabi murakkab biokimyoviy va biofizik jarayonlar suv yordamida amalga oshadi. Yerda hayotning asosi yashil usiiliklarda kechadigan fotosintez jarayonidir. Bu jarayonda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.1 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 35.1 KB
Ko'rishlar soni 115 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga