Suv va uni inson hayoti uchun ahamiyati. REJA: Suvning inson hayoti uchun ahamiyati. Har xil mavsumda suv iste'mol qilinishi. Suvning ifloslanish manbalari. Suv orqali yuqadigan kasalliklar. Xalqimizda Suv bergan savob degan hikmatli gap bor. Chunki suvning hayot uchun juda zarurligini bilib, kishilar uning azizligini shunday hikmatli gaplarda ulug'lashgan. Suv shunday mineral moddaki u o'zining erituvchanlik xususiyati bilan nafaqat insonni, yer yuzidagi barcha tirik organizmlarni (o'simliklar va hayvonlar) tirikligini, yashashini ta'minlaydi. Suv barcha tirik organizmlarning hujayra va to'qimalarida bo'lib, unda o'tadigan murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni, ya'ni moda almashinuvini ta'minlaydi. Mutaxassislarning fikricha kelgusida metall zaxiralari tugab qolsa, uning o'rniga plastmassadan tayyorlangan materiallar almashtiriladi, hayvon va o'simlik mahsulotlaridan olinadigan ozuqa moddalari etishmasa, uning o'rniga sintetik moddalardan tayyorlangan ozuqa moddalar iste'mol qilinadi, ammo hech qachon suvning o'rnini boshqa biror modda bosa olmaydi. Mashxur olim, akademik A.P.Karpinskiy Suv eng qimmatbaho boylik bo'lib, usiz yashash mumkin emas - deb yozgan edi. Olimpiya o'yinlaridan ham, oltindan ham yaxshi narsa bu suvdir, deb qadimgi Yunon olimlari unga yuqori baho berishgan. Suv kishi organizmini o'rtacha 65 foizini tashkil etadi. Agar kishi tanasidagi suvni 6-8 foizini yuqotsa, harorati ko'tarilib, terisi kizaradi, yurak urushi va nafas olishi tezlashadi, boshi og'riydi. Agar uning suv yuqotishi yanada ortib borsa, kishi halok bo'lishi mumkin. Kishi bir sutkada o'rtacha 1,5-3 litr suv iste'mol qiladi, issiqroq sharoitda suv iste'mol qilinishi 2-3 hissa oshadi. Bizda yozning issiq jazirama kunlarida dala sharoitida ishlagan kishilar bir sutkada 11 litrga qadar suv qabul qiladi. Bu suv issiq sharoitda asosan tana haroratini boshqarishda sarflanadi. Bundan tashqari, suv yuvinish, ovqat tayyorlash, idish-tovoq va kiyimlarni yuvishda, (o'simlik va hayvonlarni parvarish qilishda) ham ishlatiladi. Kishilarning suvning ahamiyatini bilib, qadimdan daryo yoki ko'l bo'ylarida yashaganlar, ko'chmanchi xalqlar doimo suv bor maskanlarni izlaganlar. Kishilar dam olish uchun doimo suv bo'lgan joylarga intiladilar, ayniqsa, bizning issiq yoz kunlarida suvda cho'milib turish - kishi salomatligini saqlashda va chiniqishda eng asosiy vositadir. Nemis olimi G.Libman aytganidek, Bizning sayyoramizda kishilarning salomat qolishlari uchun texnikaning mu'jizalari emas, balki toza, ichish uchun yaroqli suv yetarli bo'lishi kerak. Sayyoramiz xaritasini qaraganimizda, yerimizning to'rtdan uch qismini okean, dengiz, ko'l va daryolar egallaganini ko'ramiz. Dengiz va okean suvlari Shur bo'lib, u ichish va ekinlarini sug'orishga yaroqsiz. Ichimlik suv miqdori juda oz. Yerdagi jami suv zaxirasining o'rtacha 0,60 foizini tashkil etadi. Ko'p mamlakatlarda ayniqsa, Osiyo va Afrika qit'asida joylashgan yurtlarda suv juda tanqis. Ba'zi mamlakatlar, masalan, Malta dengiz o'rtasida joylashgan bo'lsa ham, ichimlik suvni boshqa mamlakatlardan sotib olib kelib xalqini ta'minlaydi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.58 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.58 KB
Ko'rishlar soni
113 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:45 ]
Arxiv ichida: doc