Tabiat - jamiyat o'zaro ta'sirining geografik jihatlari

Tabiat - jamiyat o'zaro ta'sirining geografik jihatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiat - jamiyat o'zaro ta'sirining geografik jihatlari - rasmi

Material tavsifi

Tabiat - jamiyat o'zaro ta'sirining geografik jihatlari Fan - texnika va demografik inqilob atrof muhitga inson ta'sirining batamom (prinsipial) yangi turlariga sabab bo'lmoqda : 1) issiqxona samarasi - turli yoqilg'ilarni yoqish atmosferada iqlimning iliqlashuviga, muzliklarning erishiga va Dunyo okeani sathining ko'tarilishiga olib keladigan karbonat angidrid gazi miqdorini ko'paytiradi; 2) ozon qatlamining xlorlashgan va ftorlashgan uglevododrodlarning qo'llanilishi, plastik materiallar va penoplastlar ishlab chiqarish va kontinentlararo radio- va teleeshittirishlar uchun atmosferani sun'iy ionlashtirilishiga bog'liq holda qasshoqlashuvi; 3) atmosfera quyi qatlamlarning, yomg'ir suvlarining va tuproqlarning (ayniqsa Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada) sanoat korxonalaridan turli gazlar va kislotali bug'larning ajralib chiqishi hamda ularning havo massalari tomonidan katta masofaga olib borilishi va tarqatilishi bilan bog'liq holda kislotali ifloslanishi; 4) mollarning ortiqcha boqilishi, tuproqlarning sho'rlanishi, o'rmonlarning intensive kesilishi bog'liq bolgan cho'llashuv va o'rmonsizlashuv; 5) neftni qazib olish va tashish, oqava suvlar va turli chiqindilarning (asosan plastmassa) tushishi natijasida Dunyo okeanining ifloslanishi; 6) sayyoramiz genetik fondining qashshoqlashuviga olib kelayotgan hayvonlar va o'simliklarning ko'pgina turlarining halok bo'lishi (Yanshin, 1989). Tabiatda granit qoyalarning yemirilishi 6 ming yilda 1 m tezlikda sodir bo'ladi. Inson esa portlatishlar yordamida relyefni bir necha ming marta tezroq o'zgartiradi, ariqlar (kanallar) qaziydi, yo'l quradi, tog' yon bag'irlarida terrasalarni (fransuzcha terrase, lotincha terra - yer) hosil qilaji, qurilishlar uchun maydonlarni tekislaydi. Hozirgi paytda jamiyat va tabiat orasidagi o'zaro modda va energiya almashinuvi nihoyat ulkan hajmga ega bo'lishi tufayli insonning atrof muhutga ta'siri geologik kuchlar ta'siri bilan qiyoslanishi mumkin bo'lgan qudratli omilga aylangan. Masalan, XX asrning oxirgi o'n yilligida dalalarni haydash, qurilishlar va foydali qazilma konlari yuzalarini ochishda har yili o'rtacha 400 km3 miqdorda tuproq-grunt aralashtirilgan. Yer bag'irlarida har yili 120 mlrd. t. dan ortiqroq har xil madanlar, yoqilg'i xom ashyolari va qurilish materiallari qazib olingan, dalalarda 500 mln. t. dan ortiqroq mineral o'g'itlar va 3 mln. t ga yaqin zaharli kimyoviy moddalar sepilgan, daryo oqimining 15 % i qishloq xo'jalik va sanoat ishlab chiqarishida hamda maishiy maqsadlarda foydalanilgan. 800 mln. t har xil metallar eritilgan, tabiatda noma'lum bo'lgan 60 mln.t dan ortiqroq sintetik (yun. sintxetikos birikma) materiallar ishlab chiqariladi. BMTning rasmiy ma'lumotlariga ko'ra 1 mln. ga yaqin har xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo'lib, shundan 100 mingga yaqini turli sun'iy birikmalardir. Ishlab chiqarishda va turmushda foydalaniladigan kimyoviy birikmalarning (500 mingdan ortiqroq moddalar) tabiiy muhitga chiqariladi. Bu miqdor vulkanlarning otilishi va tog' jinslarining nurashi natijasida yuzaga keladigan miqdorga nisbatan bir necha o'n baravar ko'proqdir. Masalan, atmosferada uglerod dioksidining to'planishi (yonilg'ining yoqilishi natijasida) uni o'simliklar, uokenlar va dengiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.49 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.49 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga