Tabiatni asrang! Bugungi kunda «ekologiya» tushunchasi har bir kishining ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va teleko'rsatuvlarda hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi. «Ekologiya» tushunchasi yunoncha so'z bo'lib, uning o'zagi oykos uy, makon va logos fan degan ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o'rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o'rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saglash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ma'lumki, hozirgi davrda Yer sharining turli nuqtalarida keng quloch yozayotgan ekologik tangliklar bizni tabiatga nisbatan munosabatimizni o'zgartirish zarur ekanligi va u haqida qayg'urish-imizni taqozo etadi. Fan va texnika yutuqlari tufayli go'yoki, biz endi tabiatga bog'liq emasmiz, degan noto'g'ri tushunchalar kelib chiqdi. Afsuski, biz doimo tabiat bilan birgalikdagina sayyorada hayotni davom ettirishimiz mumkin. Tabiatning asosiy qonunlari o'z kuchini yo'qotgan emas, balki ularning namoyon bo'lishi insonga nisbatan o'zgargan, xolos. Endi insoniyatni saglab golish tabiat haqidagi bilimlarimiz hamda unga nisbatan ongli ravishdagi harakatlarimizga, ya'ni tabiat bilan insonning uyg'unlashgan holdagi rivojlanishiga bog'liq. Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik ta'limtarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosgichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatga, golaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish orqali ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashni, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi. Adaptatsiya moslashish Tirik organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida tashqi muhitning o'zgarishlariga javoban organizmlarning ichki va tashqi tuzilishlarida kelib chiqadigan belgi va xususiyatlar yig'indisi hisoblanadi. Bizga ma'lum bolgan barcha tirik organizmlar, ya'ni bakteriyalar, zamburug''lar, o'simliklar va hayvonlar yashash sharoitiga moslashgan. Suvda yashovchi baliqlar suvga, qushlar havoda uchib yurishga, shuningdek, cholda suvsizlikka bardosh berib o'sayotgan yantoq va saksovullar yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan. Moslashish orqanizmning tashqi muhitda yashab qolishi yoki nobud bo'lishini muammo qilib qo'yadi. Har qanday tirik oqanizm yashashi uchun ushbu muammolarni hal etishi kerak bo'ladi. Moslashish cheksiz va to'xtovsizdir. Inson moslashish haqidagi yetarli bilimlarga ega bo'lsa, o'z hayoti uchun zarur bo'lgan muammolarni oson hal etadi. Olimlar o'simlik va hayvonlarni ilimlashtirish yo'li bilan organizmlarni o'z maqsadlariga muvofiq o'zgartirish mumkin ekanligini isbotlab berganlar. Natijada hozirgi davrdagi xilmaxil o'simlik va hayvon turlari yangi sharoitga moslashgan va o'z nasliy tabiatini o'zgartirgan. Zahiriddin Muhammad Bobur Afg'oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda bo'lganida, a joylarning tabiati va o'ziga xos xususiyatlarini jonajon Vatani Andijon bilan taqqoslaydi. U Hindistondan tustovuglar, to'tiqushlar, bulbul kabi qushlar va boshqa hayvonlardan o'z Vataniga olib keladi. ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.12 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.12 KB
Ko'rishlar soni
187 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: doc