Tabiatni muhofaza qilishning asoslari Reja: 1. Tabiatning muhofaza qilish fanining predmeti, maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi 2. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning tarixiy rivojlanishi. 3. Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi 4. Tabiatni muhofaza qilishning asosiy aspektlari Tabiatni muhofaza qilishning nazariy asoslari Tabiatni muhofaza qilishning prinsip va qoidalari Tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti, maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi Yer yuzida inson paydo bo'lganidan beri hozirgacha utgan 3-4 mln. yillar davomida u tabiatdan uzluksiz foydalanib, unga o'z ta'sirini o'tkazib kelmokda. Bu ta'sir turli tarixiy rivojlanish bosqichlarida turlicha bo'lib keldi. o'z navbatida tabiat xam insonni zarur hayotiy omillar bilan shunchaki ta'minlabgina kolmay, unga aks ta'sir kursatib kelmokda. Ana shu masala, yani inson bilan tabiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni o'rganish tabiatni muhofaza qilish fanining predmeti hisoblanadi. Uning maqsad va vazifasi esa bunday munosabatlarni tartibga solib turish yani tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish yo'llarini o'rgatishdan iborat. Tabiatni muhofaza qilish fani tabiatning aynan o'zi singari keng sferaga ega bo'lib, u barcha tavsifiy va aniq fanlar bilan o'zaro chambarchas bog'liqdir. Masalan, jamiyat tarixini o'rganish jarayonida albatta jamiyat bilan tabiat o'rtasidagi munosabatlar xam urganiladi. Bunda geografik kengliklar, ularning ekologik xususiyatlari, biologik va geologik resurslari, bu resurslarining matematik o'lchamlari va xoka'zolar haqida so'z yuritiladi. Tabiatni muhofaza qilish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi keyinchalik shunchalik chuqurlashib ketdiki, buning oqibatida fanning bir necha yangi tarmoqlari kelib chikdi. Bularga misol qilib matematik ekologiya, bionika, landshunoslik va shu singari yangi fanlarni keltirish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish ishi uzoq tarixiy ildizga ega bulsada, bu termin jamiyat orasida ancha kech kirib keldi. Inson minglab yillar davomida tabiat inomlarini hisobsiz uzlashtirdi, inomlar chegarali ekanligi to'g'risida fikr xam yuritmadi. Ammo keyinchalik u uzining tabiatga etkazayotgan zarari oqibatlarini ko'rib undan tejamkorlik bilan foydalanish, uni kashshoklanishdan muhofaza etish zarur ekanligini tushunib etdi. Shunday qilib «tabiat muhofaza qilish» termini 1913 yil Shveytsariyada tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilgan I-xalqaro sezdda kabul kilinda. hozirgi vaqtda bu terminning sinonimlari sifatida «atrof muhitni muhofaza qilish», «atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish» kabi terminlar xam tez-tez kullanilayapti. 2.Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning tarixiy rivojlanishi Inson va tabiat bir-biri bilan uzviy boglangan bo'lib, tabiat insonni o'z ichiga kamrab oladi va uni barcha hayotiy zaruriyatlar bilan ta'minlaydi. Inson esa tabiatning ajralmas bir bo'lagi hisoblanib, uning noz-nematlarini uzlashtiradi va bu bilan unga o'z ta'sirini o'tkazib borib, uni uzgartiradi. F. Engels uzining «Tabiat dialektikasi» asarida ,, … hayvon tabiatdan fakatgina foydalanadi va tabiatga uzining mavjud bo'lishi bilangina o'zgarish kiritadi; odam esa o'zi kiritgan uzgartishlari bilan tabiatni ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.88 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
47.88 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:46 ]
Arxiv ichida: docx