Tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik

Tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik - rasmi

Material tavsifi

Tabiatni muhofaza qilishda xalqaro hamkorlik Reja: 1.Tabiat muhofazasi masalasida xalqaro hamkorlikning zaruriyati 2.Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha davlatlararo bitimlar. 3.Tabiat muhofazasi bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati Darsning maqsadi: Ona tabiat va uning boyliklarini, atrof muhit musaffoligini saqlab qolish, bir mamlakat doirasidan chiqadigan yoki global xarakterga ega bo'lgan ekologik muammolar borasida xalqaro hamkorlik qilish zaruriyati bu borada vujudga kelgan xalqaro tashkilotlar faoliyati to'g'risida tushuncha berish Tabiat muhofazasi masalasida xalqaro hamkorlikning zaruriyati Inson tabiiy resurslarini o'zlashtirishi davomida tabiatni ma'lum darajada kabag'allashtiradi va yetkaziladigan bunday zararni kamaytirish, muhitni tozaligini saqlash bo'yicha ayrim xalqlar va mamlakatlar miqyosida olib borilayotgan ishlar chuqur tarixiy ildizga ega. Miloddan ancha ilgari Qadimgi Vavilonda hamda Xitoyda o'rmonlarni asrash, Hindistonda hayvonlarning asrash, Rim podsholigida suvlarni ifloslamaslik tartib-qoidalarining qonun kuchiga kiritilganligi, qonunga xilof ish tutganlarga og'ir tan jazosining tayinlanganligi ajdodlarimizning tabiatga qanchalik e'tiborli bo'lganliklaridan darak beradi. Tabiiy boyliklarni tobora ko'p o'zlashtirish hisobidan kapitalistik jamiyatining rivojlanishi undagi ba'zi mamlakatlar hududida tabiiy resurslarining jiddiy kamayib ketishiga, suv havo va tuproqning ifloslanishiga olib keldi. Kapitalistik mustamlaka va karam mamlakatlarining tabiiy resurslaridan ayamasdan foydalandilar va u yerlarning tabiatiga jiddiy ziyon yetkazadilar. Shuning uchun ham ular oldiga tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish ishlarini tartibga solish zaruriyati boshqalardan ko'ra ancha oldinroq ko'dalang bo'lib chiqdi. Buning uchun tabiiy resurslar, ularning turlari va zahiralarini o'rganish, ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish asosiy masalalardan biriga aylandi. AQSH va Angliyada bu borada maxsus ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilinib, ularga keng ko'lamda ishlash sharoitlari yaratib berildi. Rivojlangan mamlakatlarda tabiat muhofazasiga doir tartib va qonunlar boshqalarga ko'ra ancha ilgari kengroq va chuqurroq tatbiq qilindi. AQSH va Ruminiyada neft konlaridan qat'iy qoida asosida foydalanish qonunining o'rnatilishi, Angliyada ov hayvonlarini ko'paytirish bo'yicha zakazniklar tashkil qilinishi, Avstraliya va Hindistonda tuproq eroziyasining oldini olish bo'yicha qat'iy choralarining belgilanganligi hayot taqozisidan kelib chiqqan bo'lib, taxsinga sazovor ishlardir. Lekin tabiat muhofazasining alohida olingan bir mamlakat hududida u yoki bu ma'noda bajarilishi yetarli samara bermaydi. Binobarin, sayyoramiz yagona va yaxlit bo'lib, uning tabiati va boyliklarining muhofaza etilishi umuminsoniy vazifadir. Tabiatni muhofaza qilish masalalari o'zlarining katta-kichikligi va xarakteriga ko'ra lokal (kichik), milliy (umumdavlat) va global (umumjahon) mavkelarida hal qilinadi. XX asrning oxirlariga kelib u ko'pgina masalalar bo'yicha global mavkega ega bo'ldi va butun dunyo ahamiyatiga molik darajaga ko'tarildi. Atrof muhitning sofligini saqlash, atmosfera havosini va undagi ozon pardasini muhofaza qilish, issiqlik balansini saqlash, Dunyo okeanlarini ifloslanishdan asrash, kamyob o'simlik va hayvonlarning genetik fondini saqlab qolish kabi bir qator muammolar paydo bo'ldi-ki, bularni alohida olingan bir mamlakat va hatto ayrim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.98 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.98 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga