Tabiiy resurslar va ulardan foydalanish

Tabiiy resurslar va ulardan foydalanish

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslar va ulardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy resurslar va ulardan foydalanish Reja: 6.1. Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish. 6.2. Tabiiy resurslarni o'rganishda va ulardan foydalanishda fanning roli. 6.3. Tabiiy resurslardan foydalanishda kutiladigan muammolar va ularning yechimlari Tayanch so'z va iboralar: resurs, ratsional, kompleks, kosmik resurs, kompas, tuproq eroziyasi, atmosfera, moddiy boyliklar, xomashyo. 6.1. Tabiiy resurslar turlari va ulardan foydalanish. Tabiiy jismlar va energiya turlariga resurs (manba) lar deyiladi. Resurs so'zi fransuzcha bo'lib Yashash vositasi degan ma'noni anglatadi. Tabiiy resurslar insonlarning yashashi uchun zarur bo'lgan asosiy manbadir. Tabiiy resurslarga: havo, suv, tuproq, turli xil rudalar, yoqilg'i va energiya manbalari ko'mir, neftь, gaz, turli xil yog'ochlar hamda yovvoi o'simliklar va hayvonlar kiradi. Bularning hammasi yer planetasida mavjud bo'lgan tabiiy resurslardir. Bundan tashqari kosmik resurslar ham mavjud. Kosmik resurslarga quyoshdan kelayotgan nur, meteoritlar va boshqalar kiradi. Tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va uni muhofaza qilishni to'g'ri tushuntirish uchun ularni turlarga bo'lib o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy resurslar quyidagi turlarga bo'linadi: qazilma boyliklar; iqlim resurslari; suv va havo resurslari; tuproq resurslari; o'simlik resurslari; fauna (biror joy mamlakat yoki geologik davrga oid bo'lgan hamma hayvonlar) resurslari; atom resurslari; biosfera resurslari; kosmik resurslar; Foydalanish darajasiga qarab tabiiy resurslar: a) tugaydigan b) tugamaydiganlarga bo'linadi. Tugaydilan resurslar. Bular o'z navbatida qayta tiklanmaydigan va qayta tiklanadigan resurslarga bo'linadi. Qazilma boyliklar qayta tiklanmaydigan resurslar hisoblanadi. Ulardan foydalanish natijasida miqdori va sifati kamaya boradi. Qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va uni qo'riqlash quyidagicha bo'lmog'i lozim: miqdori va sifatini hisobga olish, kompleks ravishda to'g'ri, tejab, o'rnida foydalanish, ularni qazib olish, tashish, qayta ishlash, ishlatishda nobudgarchilikka yo'l ko'ymaslik, chiqindi kam chiqarish choralarini ko'rish, yangi konlar topish, ayniqsa yerning chuqurroq qatlamlarini o'rganish zarur va nihoyat ularning o'rnini bosuvchi yangi sun'iy manbalar topish va boshqalar. Qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan oqilona foydalanilsa, ular kishilik jamiyati ehtiyojlarini uzoq muddatlargacha to'la ta'minlay oladi. Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ba'zi foydali qazilmalar tugaguncha ularning o'rnini bosa oladigan yangi resurslar yaratish mumkin. Qayta tiklanadigan resurslarga asosan, suv, tuproq, o'simliklar va hayvonot dunyosi kiradi. Masalan: tuproq, unda o'simlik o'stirib foydalanilishi natijasida tugab yo'q bo'lib ketmaydi. Tuproq shuning uchun ham tugamaydigan - qayta tiklanadigan resurslar jumlasiga kiritiladiki, madaniy o'simliklar undagi mineral ozuqa moddalar (azot, fosfor, kaliybirikmalarini va boshqalar) ni shimib oladi, ana shu ozuqa moddalar tiklab borilmasa, tuproqning unumdorligi yildan-yilga kamayib, dehqonchilik uchun butunlay yaroqsiz bo'lib qoladi. Tajribadan ma'lumki, tuproq unumdorligini doimo tiklab borish mumkin. Bu tiklanish tabiiy va sun'iy ravishda bo'lishi mumkin. Masalan: tuproq yo'qotgan mineral ozuqalarini o'simlik qoldiqlarining chirishi natijasida, tog'lardan oqib keladigan suvlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.17 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.17 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga