Tabiiy resurslar, ulardan foydalanish va muhofaza qilish

Tabiiy resurslar, ulardan foydalanish va muhofaza qilish

O'quvchilarga / Ekologiya
Tabiiy resurslar, ulardan foydalanish va muhofaza qilish - rasmi

Material tavsifi

Tabiiy resurslar, ularda foydalanish va muhofaza qilish. Reja: 1. Tabiiy resurslar to'g'risida tushuncha. Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi. Tabiiy resurslardan foydalanishning prinsip va qoidalari. Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari. Darsning maqsadi: Tabiiy resurslar tushunchasini asoslab berish, ularning xossalariga ko'ra turlanishi, ulardan foydalanishda qanday prinsip va qoidalarga amal qilish zarurligini oddiy misollar asosida tushuntirib berish, tabiiy resurslarni muhofaza qilish zaruriyati nimada ekanligi to'g'risida malaka hosil qilish. Tabiiy resurslar to'g'risida tushuncha Tabiiy resurslar nima? «Resurs» - bu fransuzcha so'z bo'lib, imkoniyat degan ma'noni anglatadi. Tabiiy resurslar - bu inson o'zining hayot faoliyati uchun tabiatdan oladigan va kelajakda olishi mumkin bo'lgan barcha noz-ne'matlardir. Tabiat inson uchun yashash muhiti va resurslar manbai hisoblanadi. Atmosfera havosi, yer, suv, quyosh nuri, iqlim yer osti boyliklari, iqlim, o'simliklar va hayvonot dunyosi - bularning barchasi tabiiy resurslardir. Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi Tabiiy resurslar ulardan foydalanish vaqtiga ko'ra 2 ga bo'linadi: real va potentsial resurslar. Real resurslarga inson hozirgi vaqtda foydalanayotgan resurslar kiradi. Potentsial resurslar esa inson ayrim sabablarga ko'ra hozircha foydalanmayotgan, ammo kelajakda foydalanishi mumkin bo'lgan resurslardir. Tabiiy resurslar o'zlarining tarkibiy tuzilishiga ko'ra ham 2 ga bo'linadi: elementar (sodda) va kompleks (murakkab) resurslar. Elementar resurslarga misol qilib Mendeleyevning davriy sistemasidagi barcha kimyoviy elementlarni, shuningdek shamol energiyasi va turli xildagi nurlarni keltirish mumkin. Kompelks resurslarga kimyoviy elementlarning birlashmalarini (m., toshko'mir, suv, havo, turli xildagi rudalar va h.k.z) kiritish mumkin. Demak, kompleks resurslar elementar resurslardan tashkil topadi. Elementar va kompleks resurslar tushunchasini jonli tabiatga nisbatan ham qo'llash mumkin. Bu o'rinda elementar resurslarga misol qilib ma'lum bir maydondagi o'simlik yoki hayvon populyatsiyasini olish mumkin. Shu maydondagi biotsenozni esa kompleks resurs deyish mumkin. Tabiiy resurslar o'zlarining chekli va cheksizligiga ko'ra 2 guruhga bo'linadi: tugaydigan va tugamaydigan resurslar. 1.Tugaydigan resurslar 2 xil bo'ladi: a)tiklanadigan resurslarga - bularga tuproq, hayvonot va o'simliklar olami misol bo'ladi. Agar biror sababga ko'ra bu resurslarga nisbatan ma'lum vaqt noto'g'ri munosabatda bo'linsa ular zaiflashib va kamayib qoladi, keyinchalik to'g'ri munosabatda bo'linganida ular son va sifat jihatidan qayta tiklanishi mumkin. Savol: tiklanadigan resurslar tiklanmay tugab qolishi mumkinmi? Javob: bu muammoning qay darajada yechilishi inson omiliga bog'liq. Inson o'z faoliyati bilan ularning tiklanishini tezlashtirishi, sekinlashtirishi yoki butunlay to'xtatib qo'yishi mumkin. Tiklanish tezligi turli resurslarda turlicha bo'ladi. Masalan, agar kesib tashlangan o'rmonni qayta tiklash 60-80 yilni talab qilsa, unumdorligi yo'qolib, kuchli zaharlangan yerning tuprog'ini tiklash yuzlab, minglab yillarni talab qiladi. Ehtiyotsizlik qilinganda tiklanadigan resurslar tiklanmaydigan resursga aylanishi mumkin. b)tiklanmaydigan resurslarga qazilma boyliklar misol bo'ladi. Bularning tiklanish jarayoni ularni o'zlashtirish tezligidan ming va million martalab sekin ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.29 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.29 KB
Ko'rishlar soni 118 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga