Tuproq ekologiyasi va uni ifloslantiruvchi omillar Reja : 1.tuproq eroziyasi va uni keltirib chikaruvchi omillar. 2. tuproq unumdorligining pasayishi va tuproq resurslari kamayishining boshqa sabablari 3.tuproqni eroziyadan, chullanish, shurlanish, botkoklanish va kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish tuproq eroziyasi va uni keltirib chikaruvchi omillar. tuproq unumdorligining pasayishi va tuproq resurslari kamayishining boshqa sabablari Eroziya - lotincha so'z bo'lib, parchalanish degan manoni beradi. tuproq eroziyasi bu-tuproq unumdor kavatining suv bilan yuvilib yoki shamol bilan kuchib ketishidir. Shunga ko'ra tuproq eroziyasi keltirib chikaradigan omillarga ko'ra ikki xil bo'ladi. Bu - shamol va suv eroziyasidir. Bundan tashqari eroziya uzining kechish tezligiga ko'ra xam ikkiga bulinadi: tabiiy, yani geologik eroziya - bu tuproq zarrachalarining tabiiy omillar ta'sirida emirilishidir. Bu turdagi eroziya juda sekin kechadi, biz uni kariyb sezmaymiz xam. Tabiiy eroziyaning oldini olish iloji yuk, lekin u deyarli zarar xam keltirmaydi, chunki bu jarayonda yuqotilgan tuproq tabiiy ravishda tiklanib ulguradi; sun'iy yani antropogen eroziya tuproqni emiruvchi jarayon bo'lib, u insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida kelib chikadi. Bunday eroziya tezlashgan eroziya deb xam ataladi. Tez kechadigan bunday eroziya Yer yuzi tuproq qatlamining ofati bo'lib, keyingi 100 yilda u 1 mlrd. gektar maydondagi unumdor tuproqni ishdan chikardi. hozirgi vaqtda dunyo bo'yicha xar kuni 3 ming gektardan ziyod tuproq eroziyaga uchramokda. tuproqning eroziyaga uchrashdan ayniqsa AKSh, Kanada, Janubiy Afrika, Avstraliya, Hindiston, Pokiston va o'rtaer dengizi buyidagi mamlakatlar ko'p zarar kurmokdalar. AKSh da 1939 yilgi tuproq eroziyasi mamlakatga 400 mln dollar miqdorida zarar etkazdi. Saxaraning Janubiy chegaralarida keyingi 70 yil orasida 100 mln. gektar unumdor yer saxroga aylandi. tuproqning kuplab ishdan chiqishi 1984, 1985 va 1987 yillarda Efiopiya xalqlarini yangi joylarga kuchishga majbur kildi. tuproq eroziyasi ayniqsa Xitoyda kuchli bo'lib, bu jihatdan u dunyoda birinchi urinda turadi. Bu mamlakatda 150 mln. gektar yer eroziyaga uchragan. sun'iy eroziyani keltirib chikariuvchi asosiy sabab urmonlarning kamayib ketishi va yaylovlarda chorvaning me'yoridan ortikcha boqilishidir. Masalan, Chilida urmonlar maydoni mamlakat hududining 60% ni tashkil kilgan kezlarida tuproq eroziyasi uchramagan. Lekin keyinchalik urmonlar maydonining 25% gacha qisqarib ketishi oqibatida bu yerda 72% yer eroziyaga uchragan. tuproqni eroziyadan saqlash da daraxtzorlarning ahamiyati ayniqsa o'rta Osiyo Respublikalarida kuprok seziladi. Bizning Respublikamiz Xamdustlik mamlakatlari orasida eng kam urmon hudud hisoblanadi. Urmonlar Rossiyada mamlakat maydonining 42,7%, Boltikbuyi Respublikalari va Gruziyada - 34-38%, Armaniston, Moldaviya, Turkmaniston va Ozarbayjonda 9-11% ni tashkil qiladi. O'zbekistonda esa bu kursatigich atagi 3,2% ga teng. O'zbekistonning katta maydonini (64%) chul hududlari egallagani uchun uning iqlimi kuruk va issik bo'lib, kuchli shamol va chang-tuzonlar, yozning jaramasida bazan garmsellar bo'lib ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.58 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.58 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:47 ]
Arxiv ichida: doc