Tuproq resurslarini muhofaza qilish Reja: Tuproqning inson hayotidagi roli. Tuproqqa insonning ta'siri. Tuproq ifloslanishining salbiy oqibatlari. Tuproqni muhofaza qilish chora tadbirlari. 1. Tuproqning inson hayotidagi roli. Tuproq tabiatning eng muhim boyligi bo'lib, Yer po'stining eng ustki g'ovak,unumdor qismidir. U litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferada uzoq vaqt bir-biri bilan bog'liq holda sodir bo'lgan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Tuproq orqali moddalarning litosfera bilan atmosfera orasida o'zaro aloqasi ham ro'y beradi. Shamol natijasida tuproq ustidan ko'tarilgan chang-to'zonlar atmosferaga etib, unda havoning tiniqligiga ta'sir etadi. Tabiatda moddalarning almashinuvida (tuproq-o'simlik-tuproq) tuproq ham ishtirok etadi, uni V.R. Vilyams biologik aylanish deb atagan. Bu jarayonlar tufayli tuproqninng unumdorlik xususiyati doimo saqlanib turadi. Dehqonchilik madaniyatining o'sishi natijasida tuproq bilan ekiladigan o'simliklar orasida ro'y beradigan biologik aylanish tufayli yangi ozuqa moddalar vujudga keladi. Tuproqlarning kishilik jamiyatidagi muhim ahamiyati shundaki, u o'z-o'zini tozalash xususiyati mavjudligi tufayli tabiatdagi iflos moddalarni biologik yo'l bilan o'ziga singdiruvchanlik (adsorbent), tozalovchanlik (purifikator) va neytrallashtiruvchanlik xususiyatiga ega. Tuproq quruqlikdagi har qanday organik moddalar qoldiqlarini minerallashtiruvchi muhmi vosita hamdir. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli g'oyat beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai hisoblanadi. Demak, tuproq deb, uniumdorlik xususiyatiga ega bo'lgan yer yuzasining ustki, g'ovak qatlamiga aytiladi. Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishiga ko'ra 3 asosiy qatlamga ajratiladi: A- eng ustki gumus (chirindili) qatlam; V-mineral va organik birikmalar to'planadigan gorizont; S -tuproq vujudga keladigan ona jinsi. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproq tarixiy tarkib topgan murakkab, mustaqil tabiiy jism bo'lib o'zgaruvchidir. 1 gramm tuproqda 1 mln. dan ortiq sodda hayvonlar va tuban o'simliklar uchraydi. Ma'lumki, sog'lom unumdor 1 gektar yerdagi tuproqda 3-3,5 milliard tonna mikro va mikroorganizmlar bo'lib, ular 8-12 tonnani tashkil etadi. Bularga dala sichqonlari, tuproqda yashovchi xilma-xil hasharotlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar kiradi. Ayniqsa, yomg'ir chuvalchangining tuproq strukturasini yaxshilashdagi roli juda kattadir. Yomg'ir chuvalchangi yerda 1 metrga qadar chuqurlikda kanalchalar qazib, ular orqali o'simlik ildizi tashqaridan nafas olishi va suv, oziq moddalar so'rishi imkonini beradi. Ular yilida ovqat hazm qilish organlari orqali 300-400 tonna tuproqni o'tkazib, tuproq unumdorligini oshiradi. Yomg'ir chuvalchangining yer unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib AQSH va ba'zan G'arbiy Yevropamamlakatlarida uni ko'paytirib sotuvchi maxsus fermalar ishlab turibdi. Bunday ishlar Respublikamiz va viloyatimizda ham tashkil etilmoqda. Inson paydo bo'libdiki, uning hayoti yer bilan bog'liq. Chunki u yerni yashash makoni, tirikchilik manbai va ishlab chiqarish vositasi sifatida qabul qilingan. Yer yuzida turli qobiqlari o'rtasidagi aloqadorlik tuproq orqali amalga oshadi, tabiiy landshaftlarning asosi hisoblanadi, litosfera ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.7 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:48
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.7 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:48 ]
Arxiv ichida: docx