xalqaro ekologik hamkorliklar Reja: xalqaro ekologik hamkorlikning shakllari. Davlatlararo tuzilgan ekologik bitimlar. Chet ellarda tabiatni muhofaza qilish. Ekologik hamkorlikni ijobiy tomonlari. 1. xalqaro ekologik hamkorlikning shakllari. Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanishi va Yer yuzida ekologik haloqatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlar, 6 mlrd.ga ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o'z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorliklarning sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta'siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko'plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo'li bilan hal qilinishi mumkinligi ma'lum bo'lib qoldi. Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqlona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma va konvensiyalar; 2. xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari. 2. Davlatlararo tuzilgan ekologik bitimlar. Turli davlatlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlaraor shartnomalar va konvensiyalar keng qo'llaniladi. Badiiy hamkorlik dastlab XIX asr ohirida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo'nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko'chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilish katta e'tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqaro konvensiya 1931 yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlamaslik ko'rsatilgan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963 yili Moskvada tuzilgan atmosfera suv osti va kosmik fazodagi yadro sinovlarni taqiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega. 1973 yilda nodir hayvon va o'simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to'g'risidagi xalqaro konvensiya tuzildi. 1972 yili Stokgolmda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilgan BMT ning birinchi umumjahon kongressida 5 iyun xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e'lon qilindi. 1973 yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishini oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978 yil Ashxabodda o'tgan xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) General Assambliyasida jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi. 1982 yil BMT da tabiatni muhofaza qilishning umumjahon partiyasi qabul qilindi. Bu muhim hujjatlarda tabiatni muhofaza qilishning prinsiplari va ko'p yilga mo'ljallangan yo'nalishlarii belgilab berilgan. Atrof muhitga inson ta'sirini kuchayishi 1985 yil Venada ozon qatlaminimuhofaza qilish konvensiyasi, 1992 yil Rio-de-Janeyroda biolgik xilma-xillikni saqlash, 1992 yili Nyu-Yorkda iqlim o'zgarishi bo'yicha, 1994 yili Parijda cho'llashishga qarshi kurash bo'yicha, 2002 yil Toshkentda organik ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.9 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.9 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: docx