Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: 1. Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. 2. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish. 3. Tuproq eroziyasi va uni keltirib chiqaruvchi omillar. Tuproq unumdorligining pasayishi va tuproq resurslari kamayishining boshqa sabablari. 4. Tuproqni eroziyadan, cho'llanish, sho'rlanish, botqoqlanish va kimyoviy zaharlanishdan muhofaza qilish. Darsning maqsadi: Tiriklik uchun tuproqning ahamiyati, yer resurslari va ulardan foydalanish. Tuproqning Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati Tuproq biogen tuzilishga ega bo'lgan yerning ustki g'ovak qatlami bo'lib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta'minlashda muhim rol uynaydi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta'sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqqa aralashgan o'simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanadi ya'ni chiriydi. Hosil bo'lgan bu chirindilar esa tuproqdagi mineral birikmalar bilan birga o'simlik tanasiga o'tadi va unda o'zaro reaksiyaga kirishib, yangi organik moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular o'simlik, odam va hayvon qoldiqlari bilan yana tuproqqa qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda organik va mineral moddalar «tuproq-o'simlik-hayvon-tuproq» tizimidagi yopiq zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, o'z navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining saqlanib turishiga asos soladi. Unumdor tuproq tabiatning bebaho boyligidir. Tuproqshunos olim V.V. Dokuchayev o'z vaqtida, rus qora tuprog'i toshko'mirdan ham, neftdan ham, oltindan ham qimmatliroqdir, deb yozgan edi. Darhaqiqat u tirik tabiatni oziq-ovqat, dori-darmon va substrat bilan ta'minlaydigan yagona manbadir. Tuproq paydo bo'lishida ona jins tog' jinslari hisoblanadi. Ularga issiqlik, namlik, o'simlik va hayvonlar uzoq vaqt mobaynida ta'sir ko'rsatib nuratishdan tuproq hosil bo'ladi. Tuproqning hosil bo'lishida ayniqsa issiqlik va namlik hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu omillar jinsdagi o'simlik va mikroorganizmlarning rivojlanishiga, u yerdagi biologik va kimyoviy jarayonlarning jadallashishiga va shu asosda jinsning yemirilishi tezlashishiga yordam beradi. O'simliklar, bakteriyalar, zamburug''lar va hayvonlarning ham tuproqqa ta'siri kuchli. O'simliklar o'zlarining ildizi yordamida tuproqdagi mineral moddalarni o'zlashtiradi. Bu moddalar keyinchalik organik moddalar holida yana tuproqqa qaytib parchalanadi. Tuproqda moddalarning parchalanishi va havodagi erkin azotning o'zlashtirilishi mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Mikroorganizmlarning tuproqda ko'pligi parchalanish va chirish jarayonlarining tezligini belgilaydi. Shuningdek tuproqda ro'y beradigan modda almashinuvi jarayoniga unda yashovchi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning ham ta'siri bor. Chuvalchang, hasharotlar va ularning lichinkalari tuproqdagi organik moddalar bilan oziqlanib, ularning parchalanishga va tuproqka aralashishiga yordam beradi. Yer ostida in qazib yashovchi kemiruvchi hayvonlar tuproqning chuqur qatlamlarini qazib yuzaga chiqarib tashlashi bilan uning donadorligi va g'ovakligini yaxshilaydi. Tuproqning g'ovakligi, uning suv va havo o'tkazuvchanligi, issiqlik rejimi va shunga o'xshash xususiyatlari undagi biokimyoviy jarayonlarni ...

Joylangan
13 Sep 2023 | 09:19:12
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
13 Sep 2023 [ 09:19 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.83 KB
Ko'rishlar soni
134 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:49 ]
Arxiv ichida: doc