Yerning energiya zahiralari

Yerning energiya zahiralari

O'quvchilarga / Ekologiya
Yerning energiya zahiralari - rasmi

Material tavsifi

Yerning energiya zahiralari Reja: Energiyaning asosiy manbalari. Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya. Atom energiyasidan foydalanish. Noan'anaviy energiya manbalari va ulardan foydalanish. 1. Energiyaning asosiy manbalari. Gidroenergetika. GES larning asosiy manbai, energiya zahiralarining doimo oqib turadigan daryo suvi hisoblanadi. GES lar atrof-muhit, havo, suv, tuproqni chang, kul, azot va oltingugurt oksidlari bilan iflos qilmaydi. Lekin GES lar ham, o'z navbatida, tabiatga juda katta zarar keltirmoqda. Hozirgi vaqtda GES suv omborlari tomonidan 900 km2 yer yoki har bir ishlab chiqarilgan kvt uchun 0,5 m2er suv ostida qolgan. Shu jumladan, 0,17 m2kvt ga qishloq xo'jalik yeri va 0,23 m2kvt ga o'rmonzorlar suv ostida qolgan. Suv omborlarining qurilishi natijasida shu suv havzasining qirg'oqlari emiriladi, atrof tabiiy muhitni o'zgarishiga olib keladi. Ya'ni qurg'oqchilik, yer osti svlarining ko'tarilishi, yerning sho'rlab ketishi kabi holatlar O'zbekistonda qurilgan turli suv omborlari (Tuyamo'yin, ta'limarjon, Chordara, Qayroqqum, Andijon) atrofida yaqqol sezilmoqda. GES lar qurilishi bilan hosil bo'ladigan suv omborlari baliqchilikning rivojlanishiga imkon beradi. Lekin shu tumanda muhit haroratining pasayishining natijasida paxta ochilishi orqaga surilmoqda, ko'plab hosildor yerlar, o'tloqzorlar suv ostida qolib, tiklab bo'lmaydigan holda nobud bo'ladi. 2. Issiqlik va magnitogidrodinamik energiya. Energiyadan foydalanish sohasida elektroenergiya ekologik tomondan eng toza energiya manbai hisoblanadi va uning chiqindisi kam. Havo ifloslanishining 25% i issiqlik elektrostansiyalarining chiqindisi u ko'mir bilan bog'liq. Ko'pchilik issiqlik energiyasi xom ashyo manbalari ishlatilganda oltingugurt tutuni, chang chiqadi va bu atrof muhit uchun xavflidir. Agar tutunsiz kosmik birikmalari issiqlik energiyasi olishda ishlatilsa, atrof muhitga oltingugurt oksidi, azot va chang zarralari chiqadi. Ba'zan issiqlik energiyasi olishda ishlatiladigan ko'mirdan kul hosil qiladigan qismi ajratib olinadi. Qolgan qismiga suv qo'shilib, o'ziga xos qorishma hosil qilinib, unga maxsus kimyoviy reagentlar qo'shiladi va keyin yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Bu jarayon natijasida ko'mirning 4-5 ming t qoldig'idan yuzlab gektar maydon, ko'mirni ho'llash uchun ishlatildigan 500-600 ming m3 iflos suv esa atrof muhitni buzadi. Masalan Ukrainada 1 t ko'mir olishda 0,15-0,75 t qoldiq, 1,5- suv sarflanadi va ular iflos chiqindi sifatida atrof-muhitga tashlanadi. Undan tashqari 1 t neft olish uchun 5 t ko'mir va 2-3 t toshko'mir ishlatiladi. O'zbekistonning Angren va Kuzbassning janubiy-Abinsk ko'mir konlarida ko'mirni yer ostida yoqib gazga aylantirish yo'li bilan 250 ming kVt kuchga ega bug' gaz qurilmalari qurilgan. Bunday jarayonda ko'mir gazga aylanadi va gaz, bug' turbinalari yordamida elektroenergiya vujudga keladi. Bunday elektrostansiyalarning kuchi 100 mvt ga teng bo'lib, juda kam suv sarflanadi, ko'mir qoldiqlari-shlak esa yo'l qurilishlarida ishlatiladi. Ma'lumki, katta yoqilg'idan har yili 100 mln. t dan ortiq ko'l va shlak hosil bo'lib, atrof-muhitni ifloslaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.78 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga